Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+1 | -1

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

PSJ ingiliz futbolchisini qo‘lga kiritmoqchi

 

Ayni damda “Tottenhem” klubida muammolarga o‘ralashib qolgan Deni Rouz yozda Parijning PSJ klubi safiga o‘tishi mumkin. Bu haqida taniqli “The Sun” nashri ma’lum qilmoqda.

Futbolchi va Joze o‘rtasidagi kelishmovchilik sababli Rouzning o‘zi ham jamoani tark etishga qarshi emas. Agarda, himoyachi jamoadan ketishga qaror qilganini ma’lum qilsa, PSJ “shporlar”ga rasmiy taklif yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi jamoada qolmaslik uchun qishki transfer oynasi chog‘ida “Nyukasl” klubi safiga ijara asosida o‘tib ketdi.

“Bayyer” o‘z yulduzini narxladi

So‘nggi mavsumlarda bir nechta top klublar e’tiborida turgan “Bayer” yarim himoyachisi Kay Haversning transfer summasini rasman e’lon qildi.

Bu haqida “Bild” nashri ma’lum qilgan. Manbaning xabar berishicha, nemis klubi o‘z futbolchisini 130 million yevroga baholagan.

Agar, yozgi transfer oynasi chog‘ida birorta jamoa klub istagan summani to‘lasa, Kayni qo‘lga kiritishi mumkin.Futbolchi uchun asosiy da’vogar bo‘lib turgan “Bavariya” jamoasi yarim himoyachining narxi borasida e’tiroz bildirdi. Xans-Diter Flikning fikricha, “Bayer” futbolchini klubda salqab qolish uchun atayin shunday yo‘l tutmoqda.

Avvalroq, futbolchiga “Liverpul” va “Manchester Yunayted” jamoalari da’vogarlik qilgan edi, biroq futbolchining yangi narxi e’lon qilingach, birorta klub rasmiy taklif bilan murojaat etgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi va klub o‘rtasidagi shartnoma 2022 yilning yozida o‘z yakuniga yetadi.

“Real Madrid” himoyachisi Italiya klublari e’tiborida

Madridning “Real” jamoasi himoyachisi Nacho Fernandes yozda jamoani tark etishi mumkin. Unga Italiyaning bir yo‘la ikki klubidan takliflar mavjud. Marca nashrining ma’lum qilishicha, futbolchining o‘yinlarini kuzatish uchun “Napoli” va “Roma” jamoasi vakillari “Real Madrid” o‘yinlarini stadiondan kuzatishga ham ulgurishdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Nachoning o‘zi ham yozda jamoasni o‘zgartirishga qarshi emas. Gap shundaki, ayni damda ispaniyalik himoyachi yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti.

Esaltib o‘tamiz, Nachoning transfermarket portal 15 million yevroga baholamoqda, biroq “Real Madrid” o‘z himoyachisini 30 milliondan kamiga qo‘yib yubormasligi aniq.

Vinisiu rejalari bilan o‘rtoqlashdi

“Real Madrid” vingeri Vinisius yozda jamoani tark etishi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritib o‘tdi:

Mening “Real Madrid”dan ketishim borasidagi barcha gap-so‘zlar mish-mishdan boshqa narsa emas. Men shu klubda qolishni istayman. Yo‘qotib qo‘ygan sport formamni tiklab olishga yaqin turgan chog‘imda jamoadan ketish haqida o‘ylash ahmoqlikdan boshqa narsa emas. Quvonarlisi shundaki, Zidan menga ishonishda davom etmoqda. Bu o‘zimga bo‘lgan ishonchning o‘rtishiga va maydonda yanada yaxshi harakat qilishimga turtki sifatida hizmat qiladi.”

Bundan avvalroq braziliyalik iqtidor bilan Yevropaning bir yo‘la 7 ta grand jamoalari qiziqayotgani haqidagi xabarlar tarqagan edi.

Eslatib o‘tamiz, Vinisiusning “qirollik klubi” bilan tuzgan shartnomasi yana 5 yil davomida kuchda bo‘ladi.

«Latsio» o‘z yetakchisining narxini e’lon qildi

 

“A seriya”da muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan Rimning «Latsio» klubi rahbarlari yakuniy qarorga kelishdi. Unga ko‘ra, “burgutlar” Albertoni 80 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor ekanligini ma’lum qilishdi.

Avvalroq, yarim himoyachi bilan “Arsenal” va “Napoli” jamoalari qiziqib qolgan edi. Endilikda, bu klublar orasiga Ispaniyaning “Sevilya” va “Atletiko”klublari ham qo‘shildi.

Eslatib o‘tamiz, bu mavsumda yuqori saviyada o‘yin namoyish etayotgan ispaniyalik futbolchi milliy jamoa bilan “Evro 2020”da ishtirok etishi tahmin qilinmoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 01:51, 10.02.2020.
O'qildi: 12903 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.