Hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p surayotgan “Rostov” klubi 13 fevraldan 24 fevralga qadar Ispaniyaning Marbelye shahrida qishki o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarining yakuniy qismini o‘tkazadi deya xabar tarqatmoqda klub rasmiy sayti.
Ispaniyadagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida Valeriy Karpin shogirdlari Shvesiyaning AIK (15 fevral), Norvegiyaning «Molde» (19 fevral) vaRossiyaning «Krasnodar» (23 fevral) klublari bilan o‘rtoqlash uchrashuvida maydonga tushadi.













