Futbol afsonasi Pelening ahvoli yaxshi emas. Bu haqda uning o‘g‘li Edinyu xabar tarqatdi.
Pele operasiyadan keyin depressiyani boshidan kechirmoqda va mustaqil harakatlana olmaydi.
"Otam zaiflashib qolgan. Uning tos suyagi almashtirildi. U yaxshi tiklanish jarayonini o‘tkaza olmadi.
Hozirda otam mustaqil harakatlana olmayotgani uchun depressiyaga tushib qolgan. Tasavvur qiling, u — qirol, bugun esa u yura olmaydi.
U ko‘chaga chiqishdan uyalmoqda. U odamovi bo‘lib qoldi", — dedi Edinyu matbuotga bergan intervyusida.