Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz

Jiru “Latsio”da?!

Londonning “Chelsi” klubi hujumchisi Oliviye Jiru yozda Rimning “Latsio” jamoasi bilan shartnoma imzolashi mumkin. Bu haqida “Tuttosport” nashri ma’lum qilmoqda.

Manbaning xabar berishicha, fransiyalik hujumchi bilan rimliklar muzokaralarni boshlab yuborishgan. Ayni damda, jamoa amaldagi JCH g‘olibiga 2 yillik shartnoma taklif qilmoqda.

Shunga qaramay, futbolchi yozgacha sabr qilishga qaror qilgan ko‘rinadi. Sababi, Jiru “Tottenhem” va “Inter”dan taklif tushishiga umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, futbolchining “Chelsi” bilan tuzgan shartnomasi yozda o‘z yakuniga yetadi va u istagan klubi safiga erkin agent sifatida borib qo‘shilishi mumkin.

“Roma” argentinalik futbolchidan qutulmoqchi

Rimning “Roma” klubi yozgi transfer oynasi ochilishi bilan Pastoreni sotib yuborishga qaror qildi. Gap shundaki, “bo‘rilar” ustozi argentinalik futbolchini jamoa uchun keraksiz deb hisoblamoqda.

Agar futbolchiga yozda xaridor topilmasa, klub futbolchi bilan kelishgan xolda o‘rtadagi shartnomani bekor qilishga ham tayyor. “FootballItalia” nashrining ma’lum qilishicha, yarim himoyachining o‘zi ham bunga qarshi emas. 30 yoshli futbolchi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladigan klubda to‘p surishni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xavyer qishdayoq Xitoy klubiga o‘tishi ko‘zda tutilgan edi, biroq chin o‘lasida tarqalgan koronovirus sababli transfer amalga oshmay qoldi.

Ramosning kelajagi qanday ko‘rinish oladi?

Madridning “Real” klubi sardori Serhio Ramos kelajagi borasida jiddiy qaror qabul qildi. “Marca” nashrning ma’lum qilishicha, himoyachi klub bilan tuzilgan shartnomani 2023-yilga qadar cho‘zishni mo‘ljallamoqda.

Shunday bo‘lsada, klub futbolchi bilan birdaniga 3 yilga shartnomani uzaytirishni istamayapti. “Qirollik klubi” o‘z siyosatiga hos tarzda har mavsum so‘nggida 1 yillik shartnoma taklif qilishni rejalashtirgan. Avvalroq, rahbariyat tomonidan qo‘llanilgan bu uslubdan Iker Kasilyas, Raul, Xabi Alonso singari futbolchilar jabr ko‘rishgan edi.

Manba tarqatgan xabarlarga ko‘ra, “Real Madrid” o‘z sardori bilan maksimal tarzda kelishuvga erishishga harakat qiladi va yangi shartnoma fevral oyining so‘nggi kunlarida imzolanadi.

“Milan” Rebichni olib qoladimi?

Ayni damda Milanning “Milan” jamoasida ijara asosida to‘p surayotgan Ante Rebich faoliyatini to‘liqligicha “rossoneri”lar safida o‘tkazishi mumkin. Huquqlari «Ayntraxt” jamoasiga tegishli bo‘lgan xorvatiyalik futbolchini “Milan” yozda sotib olishni rejalshtirmoqda

“FootballItalia” nashri bergan xabarlarga ko‘ra, milanliklar 26 yoshli hujumchi uchun 30 million yevrodan voz kechsiga tayyor. Nemis klubi ham o‘z hujumchisini sotishga qarshi emas, biroq klub Rebichning transferidan 40 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.

“Everton” himoyachi kuchaytirmoqchi

Angliyaning “Everton” klubi yozda jamoa mudofasini kuchaytirishni rejalshtirmoqda. “LeGazzetadellasport” nashrining ma’lum qilishicha, klub radariga “Manchester Yunayted” himoyachisi Kris Smolling tushib qolgan.

Ayni damda Smolling ijara asosida “Roma” klubida faoliyat olib borayotganidan xabaringiz bor. Bundan tashqari, “bo‘rilar” himoyachining shartnomasini to‘liq xarid qilishni istashmoqda. Shu sababli, “Everton” yozda himoyachi uchun kurash olib borishiga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” o‘z himoyachisini ortga qaytarish haqida o‘ylamayapti. Klub Smolling borasidagi har qanday taklfilar uchun ochiq ekanligini rasman ma’lum qilgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 11:49, 16.02.2020.
O'qildi: 8764 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.