Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 18:00 Qizilqum 1-1 Neftchi
06/05 21:00 Salernitana 1-2 Atalanta
06/05 23:45 Udineze 1-1 Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Mourinyo "Manchester Siti" borasida fikr bildirdi

Mourinyo "Manchester Siti" borasida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Londonning «Tottenhem» klubi ustozi «Aston Villa» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, «Mirror» nashri uchun intervyu berdi.

Bugungi uchrashuvni juda yomon boshladik, biroq yigitlar xarakter va g‘alabaga chanqoqlikni namoyish etib berishdi. O‘ylashimcha, bu o‘yin men bu klubga kelganimdan beri eng ko‘p vaziyat yaratgan uchrashuv bo‘ldi. Yaratilgan vaziyatlarning birortasi tasodifan yuz bergani yo‘q. Biz o‘yin so‘nggiga qadar hujum uyushtirishdan to‘xtamadik. Biz vaziyat yaratish uchun tinmay harakat qildik. Agar uchrashuv 2:2 natijasi bilan yakunlanganida, men hozir futbolchilarimdan norozi kayfiyatda o‘tirgan bo‘lar edim. Sababi juda odiy. Biz yaxshi o‘ynab raqibga ochko bergan bo‘lar edik. O‘yinning ikkinchi qismida gol kiritish uchun 94 daqiqaga harakat qildik. Ayni damda biz Harri Keynsiz harakat qilayotganimiz uchun ko‘plab muammolarga uchrayapmiz. Shunday bo‘lsada, muammo bilan harakat qilish APL klublari uchun normal holat. Shuning uchun biz yangi yo‘lning boshida turibmiz. Sezgan bo‘lsangiz, vaziyatlarni keskinlashtirishning yangi uslubidan foydalanyapmiz. Iloji boricha gol kiritishimiz mumkin bo‘lgan vaziyatlarni yaratish ustida ishlayapmiz va bu sekin-asta maydonda o‘z mevasini bermoqda.

«Manchester Siti»ga qo‘yilgan ta’qiq borasida hech narsa demoqchi emasman. Bu savol menga berilishini bilgan bo‘lsamda, vaziyatni o‘rganish uchun bir daqiqa ham sarf etganim yo‘q. Bu ta’qiq APLning oddiy jamoasiga emas, o‘tgan mavsumdagi chempionlarga qo‘llanilayotganini unutmaslik lozim. Vaziyat to‘liq oydinlashmaguniga qadar o‘z pozisiyamda qolaman.

Bizning APLdagi asosiy maqsadimiz kuchli to‘rtlikka kirish emas. Biz o‘z o‘yinimizni yanada yaxshilashga harakat qilyapmiz. Asosiysi iloji boricha yaxshiroq to‘p surish va imkon boricha ochko jamg‘arish. Ana shunda  mavsum so‘nggida qaysi o‘ringa loyiq ekanligimizni bilib olamiz. Kecha «Liverpul» musobaqa jadvalida so‘nggi o‘rinda borayotgan «Norvich»ga qarshi qiyin o‘yin o‘tkazdi. Bugun biz ham elitada jon saqab qolish uchun kurash olib borayotgan klubdan jiddiy qarshilikka uchradik. Bu APL uchun odatiy hol.

Bugungi kunga kelib 5-o‘rin bilan YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish haqidagi fikrlar barcha nashrlardan tinmay yangramoqda. Hamma bizni asosiy da’vogar deb ko‘rsatyotgan bo‘lsada, bu o‘rin uchun «Vulverhempton», «Arsenal», «Manchester Yunayted», «Everton» singari jamoalar ham kurash olib borishlarini unutmaslik lozim. Bu jamoalarning barchasi o‘zini 5-o‘rin uchun o‘zini munosib deb xisoblaydi va buni maydonda isbotlashga harakat qiladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 05:17, 17.02.2020.
O'qildi: 11350 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.