"Leypsig" yarim himoyachisi Konrad Laymer bilan shartnomani 2023-yilning iyuligacha uzaytirdi, deb xabar beradi klub rasmiy sayti.
22 yoshli avstriyalik futbolchi 7 mln yevro evaziga 2017-yilda "Zalsburg"dan "Leypsig"ga ko‘chib o‘tgan edi. 2,5 yil davomida yarim himoyachi Germaniya jamoasi safida 101 ta o‘yin o‘tkazdi va 2019-yilning iyunida u Avstriya terma jamoasi safida debyut uchrashuvi o‘tkazdi. Avstriyalik futbolchining taxminiy transfer narxi 23 mln yevroga teng.