Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

Xayrulla Hamidovdan anons: Hech qachon ishonishdan to‘xtama!

Xayrulla Hamidovdan anons: Hech qachon ishonishdan to‘xtama!

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasi pley-off o‘yinlariga start beriladi bugun.

Haqiqiy futbol bayrami. Va bu bosqich g‘oliblik uchun asosiy da’vogarlar ishtirokida ochib berilayotgani yanada quvonarli hol.

Dortmundga yo‘l oladigan PSJ “ManSiti mojarosi” ko‘tarilgan paytda turnirni qay suratda davom etarkan, menga qiziq shaxsan. Axir, “shaharliklar” apellyasiyasida Parij klubi nomi aytiladi baribir. Yollangan aqlli advokatlar “agar bizga ikki yil bersanglar, anoviga to‘rt yil berishlaring kerak” deyishlariga va shu bilan PSJning xalovatini o‘g‘irlarlariga ishonaman men. “Borussiya” foydalanib qolsa qolgani...

Mayli, bu ishlar o‘z yo‘liga. Menga Madriddagi o‘yin topshirilgan. “Vanda Metropolitano”, shuningdek “Peyneta” deb ataladigan supero‘yingohda “Atletiko” YECHL g‘olibini qabul qiladi. APLning changini chiqarib tashlagan “Liverpul” o‘zga sayyora vakili sifatida tashrif buyuradi o‘yinga. Klopp yigitlari ikki yilning ichida butkul boshqa xarakterdagi jamoaga aylanib ulgurishdiki, hozirda barcha g‘oliblik uchun asosiy da’vogar sifatida “qizillar”ni ko‘rayotgani sir emas.

“Atletiko” tarkiban va jismonan hozirgi quturgan “Liverpul”ga teng emas. Hamma ko‘rib, bilib turibdi. Milliy chempionatlardagi darajalar turlicha. Biroq, Madrid klubi boshida Diyego Simeone turar ekan, muxlislari nedir mo‘jizalar kutishga haqlilar.

Hozir Madrid kanallarida 2014 yilgi YECHL bahslari, ko‘rinishidan imkonsiz o‘yinlar – “Chelsi” bilan bahs, 2016 yilgi “Bavariya”ga qarshi bellashuv va qatorlashtirib Messi-Suares-Neymariga ega bo‘lgan “Barselona”ga qarshi uchrashuvlar kun bo‘yi namoyish etilayotgan bo‘lsa kerak. “Imkonsiz ishning o‘zi yo‘q” deb xitob qilayotgan bo‘lsalar kerak ko‘rsatuv ijodkorlari.

Ispanshunos do‘stimiz Zokirjon Xoliqov aytganidek, ikki jamoaning shiorida “hech qachon” so‘zlari bor. “Liverpul”nikini bilasiz, “Atletiko”niki – “Hech qachon ishonishdan to‘xtamang!” Rolikning oxirini tasavvur qildingiz, a?!

“Liverpul” doimgidek xotirjam. Dahshatli mavsum, rekordlar, ketma-ket kelayotgan zafarlar, omadning har bir o‘yinchi yoqasiga yopishib olgani “Klopp bandasi”ga yetarli. Hatto ular Ispaniyada yirik hisobda yutqazib qo‘yishdan-da qo‘rqishmaydi. Uch haftadan keyin “Enfild” borku, deb dillarga qo‘rqinch solib turaveradi.

Ana shunaqa darajadagi buyuk klubga qarshi bugun Simeone yana yigitlarini safga tortadi. Qo‘shin zo‘r, ammo bu maydonga chiqqan mag‘lubiyatni o‘ylamaydi. Hech qachon o‘ylamaydi. Shiorida aytilganidek...

Soat 01:00da Uzreport kanalida! Hech qachon voz kechib bo‘lmas o‘yin. Birga kuzatamiz!

Xayrulla Hamidov.

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 18:31, 18.02.2020.
O'qildi: 5159 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.