Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

YECHL. Pley-offning 1/8 bosqichi haqida raqamlar so‘zlaydi

YECHL. Pley-offning 1/8 bosqichi haqida raqamlar so‘zlaydi

Baho:
+ | -

Stadion.uz YECHL musobaqasining 1/8 bosqichi haqidagi qiziqarli statistik ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tadi.

Ushbu bosqichda eng ko‘p ishtirok etgan klub?

«Real» - 17

«Bavariya», «Barselona» - 16

«Arsenal», «Chelsi» - 14

«Manchester Yunayted», «Portu», «Yuventus», «Lion» - 11

«Milan» - 10

«Inter» - 9

Chempionlar Ligasining yangi formati ishga tushganiga 17 yil bo‘lgan bo‘lsa, “Real Madrid” biror marotaba guruhda qolib ketmagan. “Bavariya” va “Barselona” atigi bor ushbu bosqichda to‘p surmagan xolos. Kataloniyaliklar 2003/04-yilgi mavsumda 1/8 bosqichiga yetib kelish uyoqda tursin, musobaqada ishtirok ham etmagan. Ular “Li Liga”da 6-bo‘lib finishga yetib kelgan bo‘lsa, “Bavariya” 2007-yilda Bundesligani 4-o‘rinda yakunlagani uchun musobaqadan chetda qolgan.

 

Ushbu bosqichda eng ko‘p qaysi davlat klublari ishtirok etgan?

Angliya — 59

Ispaniya — 54

Italiya — 41

Germaniya — 39

Fransiya — 27

Ingilizlar musobaqada g‘olib chiqish borasida Ispanlardan orda qolishayotgan bo‘lsada, ushbu bosqichda aynan ularning klublari ko‘proq to‘p tepishgan. Yangi formatda o‘tkazilgan musobaqada ishtirok etish borasida APL klublariga teng keladigan topilmasa kerak.

Ushbu bosqichda eng ko‘p g‘alaba qozongan jamoa?

«Barselona» - 13

«Bavariya» - 11

«Real» - 9

«Chelsi» - 8

«Yuventus», MYU — 7

«Liverpul» - 6

«Arsenal», «Milan» - 5

«Atletiko», «Inter», PSJ, «Lion», «Portu» - 4

Bu bosqichda “Barselona” eng omadli klub xisoblanadi. Jamoa o‘zi ishtirok etgan 1/8 final bahslarining atigi uchtasini boy bergan xolos. Qolgan 13 ta o‘yinda raqibalrini musobaqadan chiqarib yuborgan. “Real Madrid” 17 ta to‘qnashuvning atigi 9 tasidagina g‘alaba qozongan xolos. Shu o‘rinda qiziqarli ma’lumot. Musobaqani nimchorak finalda tark etish borasidagi anterekord “Arsenal”ga (9 ta mag‘lubiyat) tegishli.

Ushbu bosqichda eng ko‘p gol kiritgan jamoa?

«Bavariya» - 74

«Barselona» - 69

«Real» - 54

«Arsenal», «Chelsi» - 34

«Yuventus» - 32

«Shalke» - 31

«Lion», «Man Siti», MYU, PSJ — 26

Eng ko‘p gol o‘tkazib jamoa?

«Arsenal» - 42

«Real» - 39

«Bavariya» - 36

«Barselona» - 32

«Chelsi», «Portu» - 30

«Bayer» - 27

Eng yirik xisobdagi g‘alaba?

Ushbu bosqichda bir yo‘la 3 bor 7:0 natijasidagi yirik g‘alabalar kuzatilgan.

“Bavariya” “Bazel” va “Shaxtiyor”ni yetita javobsiz gol evaziga mag‘lub etishni uddalagan. Uchinchi bor bu xisob “Manchester Siti” va “Shalke” o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng tabloda paydo bo‘lgan.

1/8 final bosqichida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi?

Krishtianu Ronaldu (MYU, «Real», «Yuventus») - 30

Lionel Messi («Barselona») - 28

Iker Kasilyas («Real», «Portu») - 27

Andres Inyesta («Barselona») - 25

Dani Alves, Zlatan Ibragimovich, Aryen Robben, Serxio Ramos - 23

Xabi Alonso, Patris Evra, Sesk Fabregas, Frenk Lempard – 21

1/8 final bosqichida eng ko‘p gol kiritgan futbolchi?

ionel Messi («Barselona») - 26

Krishtianu Ronaldu (MYU, «Real», «Yuventus») - 23

Tomas Myuller («Bavariya») - 12

Robert Levandovski, Karim Benzema — 9

Tyerri Anri, Serxio Aguero, Aryen Robben — 8

Edinson Kavani, Samuel Eto`O, Mario Gomes, Zlatan Ibragimovich, Robin van Persi — 6

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 01:25, 19.02.2020.
O'qildi: 6203 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.