Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

«Katta bolakay» — Holand haqida qisqacha...

«Katta bolakay» — Holand haqida qisqacha...

Baho:
+ | -

— Uning otasi va bolaligi;

— Futbol, gandbol va yengil atletika;

— Qizlar bilan mashg‘ulot, vazn hamda bo‘ydagi o‘zgarishlar;

— Dunyoni o‘ziga qaratayotgan bolakay.  

Erling Holand asrimizning avvalida Angliyada tug‘ildi. Uning otasi o‘sha vaqtlarda "Lids" tarkibida harakat qilardi. Umuman, Alf-Ing Xoland hayotini ingliz futboliga bag‘ishlagan odam bo‘lib, faoliyatining yakunida "Manchester Siti" klubida o‘ynashga ham ulgurgan. Ammo, katta Xoland o‘zi istagandan ko‘ra ancha erta futbolni tark etishiga to‘g‘ri keldi. Ayni damda u o‘g‘li Erlingni o‘zi istagandan ko‘ra erta futbolga oshno qila boshladi. Barchasi yaxshilikka, deb shuni aytsalar kerak.

Bryune — aholisi 12 000 kishi atrofida bo‘lgan Norvegiyadagi shaharcha. Holandlar oilasi Britaniya safaridan so‘ng o‘zlariga qadrdon Bryunega qaytdi. Erling ayni nomdagi klub maktabiga qatnay boshladi. Qachonlardir bu yerda otasi ham to‘pning ortidan yugurib yurganini u yaxshi bilardi.

"Bryune" maktabida qiziq metod bor. Ular bolalarni iste’dodiga qarab saralab mashg‘ulot olib borishmaydi. Bir guruhdagi barcha 40 nafar bola to o‘smirlik yoshigacha birga mashg‘ulot o‘taydi. 10 yil davomida doim bir vaqtda mashqlarga kirishadi. Qiziq! To‘g‘ri o‘yinlarda tarkib shakllanadi, ammo, barchaga birdek yondoshuv bor. Kichik Holand bu yerda futboldan tashqari gandbol va yengil atletika bilan ham shug‘ullandi. Bu esa hozir biz uning o‘yinida ko‘rayotgan hislatlarimiz shakllanishiga sabab bo‘ldi. O‘ta epchil va tezkor! Erling 16 yoshgacha qatnashgan mashg‘ulotlarda qiz bolalar ham bor edi. Shu qadar sodda va ayni vaqtda g‘alati metodi bor edi "Bryune" futbol maktabining.

Hozir 1 metr 95 santimetr bo‘yga ega bo‘lgan Holand 14 yoshida tengqurlari ichidagi eng mittivoyi edi. Biroq keyingi yillar barchasi tez o‘zgardi. U har oy 1 santimetrga o‘sa boshladi. Murabbiylar bunday vaqtda uning yuklamalarini kamaytirishga qaror qilishdi. Boshqa bolalar 15 daqiqa biror mashq bilan shug‘ullansa, Holandga 5 daqiqa berishardi. 17 yoshida u "Molde" safiga o‘tdi.  Klubni bugun "MYU" ustozi bo‘lgan Ole Gunnar Sulsher boshqardi. Norvegiya futboli yulduzi Holandni ilk bor ko‘rgandi uning bo‘yiga nisbatan vazni ancha past ekanini payqadi va uning tushligini uch hissaga oshirdi. Keyinchalik "ha, sen yaxshigina vazn olding. Ammo, bu shunchaki yog‘lar emas. Bu — mushaklar", — deb uni sport zalga kuzatib qo‘yardi Ole.

Qahramonimiz "Molde"dagi o‘yinlari bilan "Red Bull Zalsburg" e’tiboriga tushib Avstriyaga ko‘chib o‘tishi bilanoq klubda o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Xet-triklar ishqibozi bo‘lgan Holand CHLdagi debyut o‘yinida "Genk" darvozasini 3 marotaba ishg‘ol qildi. Ilk o‘yinida bu ishni qilolganlar soni turnir tarixida 10 nafarga yetmasligi alohida mavzu. Guruh bosqichida 8 ta gol muallifiga aylangan "katta bolakay" kuni kecha pley-offda ham yana ikki golni hisobiga qo‘shib qo‘ydi. Faqat endi uning klubi boshqa — "Borussiya D".

Umuman oladigan bo‘lsak, bu mavsumda u barcha turnirlarda 28 ta o‘yinda 39 ta gol urdi! 19 yoshli futbolchi uchun dahshatli ko‘rsatkich emasmi?!

Eng qizig‘i hali oldinda! U va uning o‘zidan qolishmaydigan jamoadoshlari (Sancho, Hakimiy, Azar, Roys va boshqalar) milliardlar sarflangan "PSJ"ni turnirda chiqarib yuborishi mumkin.

Bunga 12 mart kuni Parijda oydinlik kiritamiz. Albatta, birga! UzReport TV va Futbol TV xizmatingizda bo‘ladi!

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/o_tolipov
Kiritildi: 19:36, 19.02.2020.
O'qildi: 3964 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.