Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Bobur Akmalov maqolasi: «Futbol sharhlash oson emas»

Bobur Akmalov maqolasi: «Futbol sharhlash oson emas»

Baho:
+ | -

Futbol sharhlash oson emas. Nima uchun bunday deyotganim sababini bir o‘yin misolida tushuntiraman.

O‘tgan mavsum avvalida "Paxtakor" - "Navbahor" o‘yinini sharhlagan edim. O‘yinda 2-1 hisobida "Paxtakor" oldinda borayotgan paytida "Navbahor" gol urib, hisobni tenglashtirdi. Emosiya bilan, bor ovozim bilan baqirib, golga reaksiya bildirdim. O‘yindan so‘ng "Navbahor" muxlislaridan rahmatlar, "Paxtakor" muxlislaridan tushunmagannamo reaksiya oldim. Kimlardir meni "Navbahor"ga muxlislik qilganlikda aybladi hatto. Unday emas.

O‘sha reaksiyam o‘yindagi intriga uchun, chempionatdagi intriga uchun edi. "Paxtakor" hammadan kuchli tarkibga ega ekanini hammamiz bilamiz. O‘zidan kuchsizroq jamoani qabul qilib, durang natija qayd etishi, chempionat boshida intriga uchun yaxshigina argument edi. Ha, chempionat oxiriga borib hammasi yo‘qqa chiqdi, biroq o‘sha ilk turlar uchun intriga muhim edi va bu intriga "Paxtakor" uchun ham, "Navbahor" uchun ham, chempionat va muxlislar uchun ham zarur edi. Kimgadir muxlislik uchun emas, o‘sha o‘yinning oxirgi daqiqalari rosmana jang bo‘lishi uchun, chempionat qiziqarli o‘tishi uchun ko‘rsatilgan emosiya edi o‘sha hayqirig‘im.

Chempionat o‘yinlarida kimgadir yon bosib sharhlanmaydi. Hatto sharhlovchining sevimli jamoasi o‘ynayotgan bo‘lsa ham. Ba’zi muxlislarga boshqacharoq tuyulishi esa o‘sha muxlislarning muammosi.

Yaqinda "Navbahor"chilar bir so‘rovnoma o‘tkazishibdi va unda Superliga ilk turidagi "Paxtakor" - "Navbahor" o‘yini sharhlovchisini tanlashgan. Unda kamina yaqqol yetakchiman. Va argument sifatida o‘tgan yilgi sharhimni keltirishgan. Tashakkur, albatta. Biroq sharhlovchini jamoasiga yon bosgan deb qabul qilishgani uchun emas, butun o‘yinni professional tarzda sharhlab borgani uchun tanlansa, ya’ni tanlov shu prizma orqali amalga oshirilsa, nur ustiga nur bo‘lar edi.

Yana shu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinni sharhlash menga ishonib topshirilsa, yana emosional va to‘g‘ri sharhlashga harakat qilaman. O‘yinda "Paxtakor" ham, "Navbahor" ham men uchun teng ekanini aytib o‘tmoqchiman (xalqaro maydonlarda o‘zimiznikilarga muxlislik qilib sharhlash mutlaqo boshqa masala va bu to‘g‘ri!). Faqat bir savolim bor: "Paxtakor" gol ursa va intriga uchun qattiqroq baqirib yuborsam menga bo‘lgan munosabatingiz birdaniga o‘zgarib qolmaydimi, hurmatli "Navbahor" muxlislari? Xuddi o‘tgan yilgi o‘yindan keyin ayrim "Paxtakor"chilarning menga bildirgan fikrlari kabi fikrlar eshitmaymanmi?

Muxlis xalqi o‘zi shunaqa bo‘ladi — jamoasini alqasangiz yaxshisiz, aksi bo‘lsa, yomonsiz. Umid qilaman, adekvat muxlislar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Mendan lozimi esa maydondagi holatga real baho berish — yomon o‘ynasa yomon o‘ynadi, deyman, yaxshi o‘ynasa, yaxshi. Shunda to‘g‘ri qabul qilsangiz kifoya!

Barchangizning jamoalaringizga omad tilayman. Superliga bu yil har qachongidan qiziqarli o‘tishiga tilakdoshman. SportTVda uchrashguncha!

Bobur Akmalov.

Manba: https://t.me/boburachannel
Kiritildi: 19:57, 19.02.2020.
O'qildi: 3581 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.