Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Klopp “Atletiko Madrid” muxlislariga murojaat qildi

Klopp “Atletiko Madrid” muxlislariga murojaat qildi

Baho:
+ | -

“Atletiko Madrid”ga boy berilgan uchrashuv haqida “Liverpul” ustozi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bugungi hakamlik va o‘yin haqida qanday fikrdasiz?

- Birinchi navbatda bugun mag‘lubiyatga uchraganimizni aytib o‘tmoqchiman. Hakamlarning o‘yin davomida qabul qilgan qarorlarini muhokama qilmoqchi emasman. Bo‘lar ish bo‘ldi. O‘ylashimcha “Atletiko” bu o‘yinda maksimum natijaga erisha oldi. Biz o‘yinning 67 foizida to‘p bilan harakat qildik. Bunday yuqori pressing bilan o‘ynaydigan jamoaga qarshi o‘zimini yomon his etmadik. Bu biz uchun yangi daraja degani. Anchadan beri bunday o‘yin ko‘rsatmayotgan edik. Biz Madridga intensiv futbol o‘ynashga tayyor bo‘lib kelgan edik. “Atletiko Madrid”ga qarshi uchrashuv davomida bizda imkoniyatlar bo‘ldi, biroq gol kiritish mumkin bo‘lganlari emas. Bu normal holat. Mana shunday raqiblarga qarshi uchrashuvlar bizni yanada kuchli qiladi. Vaziyatdan chiqib ketishga harakat qildik, biroq buning imkoni bo‘lmadi. 3 haftadan so‘ng, biz “Atletiko” bilan yana to‘qnash kelamiz. Quvonarlisi ikkinchi o‘yin “Enfild”da bo‘ladi. Raqib 3 haftadan so‘ng, umuman boshqacha atmosferadagi stadionda o‘ynash qanday bo‘lishini darrov his etadi.

- “Liverpul”ning keyingi bosqichga chiqish imkoniyati kamaydimi?

- Jamoamning imkoniyatlarini pastoq chamalashga sabab ko‘rmayapman. Biz mehmonda atigi 1 gol farqi bilan mag‘lub bo‘ldik xolos. Biz yirik xisobda o‘yinni boy berganimiz yo‘q. Bu shunchaki birinchi o‘yin va umumiy uyinning birinchi taymi xolos. To‘g‘ri, uyimizda oson o‘yin bo‘lmaydi. Raqib javob uchrashuviga kuchliroq tarkib bilan tashrif buyursa kerak. O‘ylashimcha, keyingi uchrashuvda Diyego Kosta ham tarkibga qaytadi. Biz javob o‘yini oldidan o‘zimiz uchun optimal tarkibni tanlab olishimiz kerak. Agar optimal tarkibni yig‘a olmasak, yoki qo‘limizda 11 ta futbolchi qolsa ham g‘alaba uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Javob uchrashuvida “Atletiko”ni qo‘llab-quvvatlab turish uchun Liverpulga tashrif buyurmoqchi bo‘lgan ispaniyalik muxlislarga qarata shunday demoqchiman: “Agar o‘yinga chipta topa olsangiz, “Enfild”ga xush kelibsiz!”

Manba: sports.ua
Kiritildi: 21:43, 19.02.2020.
O'qildi: 15302 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.