Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Xayrulla Hamidov: «Arteta uchun sinov»

Xayrulla Hamidov: «Arteta uchun sinov»

Baho:
+ | -

Yevropa ligasiga Angliyadan uchta jamoa chiqdi va ularning ichida “Arsenal” g‘oliblik uchun ko‘proq e’tibor qaratadi, degandik. Turnir jadvalidagi holati shuni taqozo etardi. Biroq, Manchesterning moviy tomoniga jazo qo‘llanilishi ortidan londonliklarda ham Yevropa Chempionlar Ligasiga yo‘llanma uchun imkoniyat paydo bo‘lib qoldi – “Chelsi”dan yetti ochko ortda, katta farq emas.

Endi Arteta kuchni teng taqsimlashni yo qaysi tomonga ko‘proq ajratishni o‘ylayotgan bo‘lsa, ajabmas.

Oxirgi turda “Arsenal” tarkibida bir qator yetakchilar zaxira o‘rindig‘ida edi – Torreyra, Lyakazett va Martinelli. Demak, ispaniyalik mutaxassis Yevropa ligasiga ham e’tiborsiz emas. Quruq qo‘l bilan “Olimpiakos”dan o‘tib bo‘lmasligini biladi. Gresiya klubi ham “Arsenal” singari murabbiyini almashtirdi. Yangi mutaxassis bilan uslubi ham o‘zgardi.

Oldingi holida ham “Olimpiakos” yomon taassurot qoldirmagan. YECHL guruh bahslarida ikkinchi yo‘llanma uchun “Tottenhem”ga raqobatchi bo‘lgandi. “Bavariya”ga ham ikki o‘yinda yetarlicha tashvishlar tug‘dirgan. Qisqa qilib aytganda, u bu turnirga yuqoridan mag‘rur holda tushdi. Arteta yigitlari jiddiy ter to‘kishlariga to‘g‘ri keladi.

Xullas, bir-biriga ko‘p jihatdan o‘xshash klublar. Yaxshi o‘yin bo‘ladi. Tunda bo‘lishiga qaramay, o‘tkazib yubormaslikni so‘rardim. Birga kuzatamiz.

01:00da!!!

Manba: Хайрулла Ҳамидов телеграм канали
Kiritildi: 19:45, 20.02.2020.
O'qildi: 3878 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик