Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Orif Tolipovdan anons: Barqaror «MYU» asabbuzar «Bryugge»ga qarshi

Orif Tolipovdan anons: Barqaror «MYU» asabbuzar «Bryugge»ga qarshi

Baho:
+ | -

AZ, “Astana” va “Partizan” va bugungi “Bryugge”. Bularning barchasi “Manchester Yunayted”ning darajasi emas, biroq voqeyligidir.

Aslida Serdan so‘ng o‘zini tiklashga urinayotgan "MYU"da bugun holat stabil! Klub Fergyusondan so‘ng ilk bor bir o‘yinda 6 ta gol urdi (“Tranmer Rovers” 0:6). Bundan tashqari so‘nggi o‘yinlar orasida “Manchester Siti” va “Chelsi” ustidan qozonilgan (0:1, 0:2) g‘alabalar bor.

Umuman esa Yevropa ligasi joriy pley-offida “Inter”, “Arsenal”, “Ayaks”, “Roma” va “Portu” kabi klublar harakat qilar ekan, "MYU" ko‘zini yumib bu turnirni CHLga tenglashi mumkin. Qolganlar ham shunday tutishadi o‘zlarini, menimcha. Bundan tashqari Sulsher zaxira aerodromiga muhtoj. Ya’ni, APLda garchi "MS" atrofidagi mashmashalardan so‘ng 5-o‘rin ham CHL yo‘llanmasini taqdim etishi oydinlashib qolgan bo‘lsada, vaziyatdan foydanmoqchi bo‘lgan klublar ham yetarli. Bunday vaziyatda YEL bosh sovrini zarar qilmaydi klubga. Qo‘shimchasiga, yaqin o‘tmishda qizillar buni uddalashgan.

Muammolar ham yo‘q emas. Reshford uzoq muddatga safdan chiqqani ma’lum, Pogbaning darsda qatnashmaslik uchun bahona izlayotgan boladan farqi qolmadi. Himoyadagi xatolar ham minimallashmadi hali.

Endi, “Bryugge” jamoasiga to‘xtalsak. Belgiyaliklar mavsumni tepa qavatda boshlashgandi. Ular CHL guruh bosqichida “Real” va "PSJ"ning asabini sinovdan o‘tkazib ulgurishgan. Ichki chempionatda yakka yetakchi bo‘lib olgan Filipp Kleman shogirdlari "MYU"ga qarshi zarracha bosimsiz o‘yin o‘tkazishlari mumkin.

"MYU" muxlislariga-ku alohida aytish shart emas! Ular bugungi o‘yinni o‘tkazib yuborishmasa kerak. Neytral muxlislarni ham o‘yinni ko‘rishga chaqiraman-ki, savollari ko‘p to‘qnashuv aynan shunisiga o‘xshamoqda!

Futbol TV
22:55

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/o_tolipov
Kiritildi: 21:28, 20.02.2020.
O'qildi: 3419 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик