Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem
26/11 15:00 Ulsan Xyonde 1-3 Shangxay Port
26/11 15:00 Vissel Kobe 3-2 Sentrel Kost
26/11 17:00 Buriram Yunayted 0-3 Kavasaki Frontale
26/11 17:00 Shandong Taishan 1-0 Johor Dorul Ta'zim
26/11 19:00 Sharja 3-1 Istiqlol Dushanbe
26/11 21:00 As-Sadd 1-1 Al-Hilol
26/11 21:00 Ash-Shorta 1-3 Al-Vasl
26/11 21:00 Sepohon 1-1 Al-Vihdat
26/11 22:45 Slovan 2-3 Milan
26/11 22:45 Sparta 0-6 Atletiko
27/11 01:00 Bayer 5-0 Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya 1-0 PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz 1-0 Atalanta
27/11 01:00 Barselona 3-0 Brest
27/11 01:00 Inter 1-0 RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti 3-3 Feyenoord
27/11 01:00 Sporting 1-5 Arsenal

Lyoris Jozeni sharmandalikdan qutqarib qoldi

Lyoris Jozeni sharmandalikdan qutqarib qoldi

Baho:
+ | -

Aslida Londondagi kecha boshidayoq nemislar kim aslida kim ekanligini ko‘rsatib qo‘yishga tushib ketishdi. Uchrashuvda golni bir soatcha kutishga to‘g‘ri kelganiga qaramay, “RB Leypsig” baribir gol urishi barchaga kundek ayon edi…

“Benazir” 2014-yildan beri YECHL pley-off o‘yinlarida g‘alaba nimaligini bilamay kelmoqda. Mart oyida Germaniyada mehmon bo‘ladigan Joze bunday oqsagan hujum chizig‘i bilan kimnidir hayron qoldirishiga ishonish qiyin. Yana kim biladi deysiz?!

Lyoris baribir Lyoris  

Mag‘lubiyatga qaramay, portugaliyalik murabbiy o‘yindan so‘ng darvozaboniga alohida rahmat aytgan bo‘lsa, ajab emas. Sababi, uning ishonchli o‘yini bo‘lmaganida, javob uchrashuvi rasmiyatchilikdan boshqa narsaga o‘xshamay qolar edi. Birinchi bo‘limning o‘zida kamida 2 ta goldan qutqarib qolgan darvozabon ikkinchi bo‘limda yana 2 ta mukammal seyvni amalga oshirdi. To‘g‘ri, u Vernerning penaltidan yo‘llagan zarbasini bartaraf eta olmadi, biroq o‘zidagi super qahramon plashini ham hech kimg bergani yo‘q. Qaysidir ma’noda o‘sha kuni unga Davinson Sanches ham qarashib yubordi. Himoyachi o‘yin davomida havoda 3, pastda ham 3 ta yakka kurashda g‘olib chiqdi va paslarni 88% aniqlikda ijro etdi. Shu o‘rinda raqib kipperi Peter Gulachini ham e’tirof etish joiz. U ham ajoyib uchrashuv o‘tkazdi va o‘rtmiyona 5 ta seyvga egalik qildi.

Kuchga to‘la “Leypsig”  “boshsiz chavandoz”ga qarshi

Bejiz “shporlar”ni boshsiz chavandozga qiyoslamadik. Ularning hujumlarini yakunlab beruvchi bir emas ikkita forvordi safdan chiqqanidan xabaringiz bor. Jamoa sardori Keyn bahorning so‘nggi kunlariga qadar jamoaga yordam bera olmasa, Son kamida 6 haftaga safdan chiqqan. Bunday vaziyatda Jozega qanchalar qiyin bo‘lganini bir tasavvur qilib ko‘ring?! Uning o‘yin odi intervyusiga e’tiboringizni qaratamiz:

Vaziyat yomon va barcha buni bilib turibdi. Futbolchilar tanlash borasidagi muammolarimiz butun dunyoga shundoqqina ko‘rinib turibdi. Biz bu uchrashuvda maydonga tushishga qodir bo‘lgan futbolchilardan foydalanamiz. Ular har doimgidek bu uchrashuvda ham bor kuchlari bilan harakat qilishadi. Avvalari men jamoam zaxira o‘rindig‘ida hujumchi yo‘qligidan havotir olar edim. Endi maydonda ham hujumchimiz qolmaganidan xavotirdaman. O‘ylashimcha Troy Perrot hali tayyor emas. Rayn Sessenion esa umuman hujumchi emas.

Darhaqiqat, o‘yin oldidan Joze muammolar qanchalar jiddiy ekanligini chuqur his etgani shundoqqina namoyon bo‘lmoqda.

O‘yin davomida Joze hujumda Moura va Allidan foydalandi. Uchrashuvning 64 daqiqasida Joze Dellini o‘yindan oldi va uning o‘rniga jarohatidan forig‘ bo‘lganidan beri mashg‘ulot ham o‘tkazmagan Erik Lamellani tashladi. Moura so‘nggi daqiqalarga qadar nimadir o‘ylab topishga harkat qildi. Undagi vaziyatlarda gol kiritish juda mushkul bo‘lsada, tinimsiz harakat qildi.. Xatto 172 sm bo‘yi bilan 3 bor yuqoridan kelgan uzatmani golga aylantirishgayam urunib ko‘rganiga guvoh bo‘ldik.

Lo Chelso xursand qildi

Undan boshqa kimni ham alohida qayd etishimiz mumkin? 23 yoshli futbolchi o‘yining 10 daqiqasida sariq kartochka olganiga qaramay, butun o‘yin davomida agressivlikni bir soniya ham unutgani yo‘q. U jamoadoshlari fonida xuddi maydonda uchib yurgandek taassurot qoldirdi. O‘yin davomida 8 ta keskir uzatma, 4 ta zarba, 4 ta omadli aldab o‘tish va 8 ta to‘p uchun kurashda g‘olib chiqqan Jovanining o‘yini maqtovga loyiq.

Itan Ampadu boshqacha futbolchi ekan

“RB Leypsig” qanchalar ustunlikka erishgan bo‘lsada, gol o‘tkazib yuborishi ham mumkin edi. Agar Gulachi bilan Ampadu bo‘lmaganida “shporlar”dagi tajriba qo‘l kelishi ham hech gap emas edi. Nemis jamoasi Ampaduni “Chelsi”dan iyul oyida ijaraga olgan bo‘lsada, futbolchi o‘zini yangi jamoada juda yaxshi his qilayotganini Londondagi o‘yin ko‘rsatib berdi. 19 yoshli himoyachi o‘yin davomida 109 bor to‘pga tegingan bo‘lsa, shularning 98 tasini sheriklariga pas  tashlab berishga ishlatdi. Bu hali hammasi emas. O‘yin davomida 95% foiz aniqlikda harakat qilgan Ampadu 40 ta uzatmani oldinga tashlab bergan bo‘lsa, 5 ta yakka kurashda g‘olib chiqishni uddaladi.

Joze ishonishda davom etmoqda

Uchrashuvdan so‘ng, Joze mart oyida qandaydir “mo‘’jiza” ko‘rsatishiga ishonchi komil insondek tutdi o‘zini. Agar “buqalar” Londonda ko‘rsatgan “xunar”larini uyida ham ko‘rsatsa, Jozening umid uchqunlari  uzog‘i bilan o‘yinning 30 daqiqasida kulga aylanishi turgan gap.
Qaysidir ma’noda bugun bizga omad ham kulib boqdi. Shunga qaramay, darvozabonimizning 2 tamukammal seyv ijro etganini aytib o‘tmoqchi edim.

Men 0:1 xisobidagi mag‘lubiyatimizdan sira havotir olmayapman. Biz mehmonda g‘alaba qozonishimiz mumkin. Men keyingi uchrashuvda ham faqat shu futbolchilardan iborat tarkib oldimizdagi o‘yinlarda ishtirok etishdan havotr olyapman xolos. Moura, Lo Chelso, Bergveynlar “itdek” charchashgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 19:32, 21.02.2020.
O'qildi: 6225 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.