Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

La liga. «Real» «Man Siti» va «Barsa»ga qarshi o‘yinlar oldidan yutqazdi

La liga. «Real» «Man Siti» va «Barsa»ga qarshi o‘yinlar oldidan yutqazdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 25-turi doirasida "Real" safarda "Levante" klubi mehmoni bo‘lib, kutilmaganda, yutqazib qo‘ydi.

Zidan ushbu o‘yinga jangovar tarkibni tashladi, ammo valensiyaliklar mardonavor o‘yin namoyish qilishdi. Mezbonlar raqibning ko‘plab xavfli hujumlarini qaytarishga muvaffaq bo‘lishdi.

O‘z navbatida madridliklar ham ko‘pgina imkoniyatlardan foydalana olishmaganini ta’kidlash lozim. Xususan, birinchi bo‘limda Benzema qulay vaziyatda zarba berish o‘rniga sherigiga uzatma berishga qaror qilib, imkoniyatni qo‘ldan chiqardi. Ikkinchi bo‘limda esa Azar darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, muvaffaqiyatli zarba bera olmadi.

O‘yin tugashiga 12 daqiqa qolganida esa "Levante" yarimta imkoniyatni golga aylantirdi. Olis masofadan uzatilgan to‘pga Xose Luis Morales yetib bordi va o‘tkir burchak ostida juda kuchli va aniq zarba bilan Kurtuani dog‘da qoldirdi.

Shu tariqa, "Real" jadvalning ikkinchi qismida borayotgan jamoaga sensasion tarzda yutqazdi va Ispaniya chempionatida peshqadamlik mavqeini topshirdi.

"Madrid"ni 26 fevral kuni Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida "Manchester Siti", 1 mart kuni esa La liga doirasida "Barselona"ga qarshi o‘ta muhim o‘yinlar kutib turibdi.

Ispaniya La ligasi, 25-tur
Levante – Real Madrid 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 79 Morales.
Levante – Fernandes, Postigo, Tonyo, Bruno Gonsales, Miramon, Vukchevich, Bardi, Kampanya, Roxer Marti (Melero, 67), Mayoral (Leon, 88), Morales (Martines, 81).
Real Madrid – Kurtua, Varan, Ramos, Karvaxal, Marselo, Modrich (Valverde, 81), Kazemiro, Isko (Vaskes, 73), Kroos, Azar (Vinisius Junior, 67), Benzema.
Ogohlantirishlar: Ramos (10), Roxer Marti (35), Kazemiro (71).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 03:02, 23.02.2020.
O'qildi: 5688 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик