Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya - O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

“Yuventus”ga Sidibe kerak

“Turinning “Yuventus” jamoasi yozda qanot himoyachisi xarid qilmoqchi. Jamoa nishonida “Monako” jamoasi futbolchisi Jibriyel Sidibe turibdi”,- deb xabar bermoqda “Calciomercato” nashri.

Jamoa qanot himoyasida Joa Konseluni ko‘rishni istayotganidan xabaringiz bor. Nashr bergan xabarlarga qaraganda, agar “ko‘hna seniora” portugaliyalik futbolchini qo‘lga kirita olmsa, bor e’tiborini “Monako” jamoasi futbolchisi Jibriyel Sidibega qaratadi.

Eslatib o‘tamiz, Sidibe ayni damda ijara asosida “Evrton” klubi sharafini himoya qilmoqda.

Yaya Ture o‘z faoliyatini davom ettirmoqchi

Ivuarlik futbol afsonasi hali-beri butsalarini mixga ilmoqchi emas. Ayni damda erkin agent maqomida klubsiz yurgan futbolchiga Kolumbiyaning bir nechta jamoalaridan takliflar kelib tushmoqda.

Futbolchining o‘zi futbolchilik faoliyatini tiklashga qarshi emas. Qahramonimizning fikricha, u yana ikkita saviyali mavsum o‘tkazishga qodir.

Esaltib o‘tamiz, 36 yoshli futbolchi kariyerasi davomida “Barselona”, “Manchester Siti” singari grandlar safida to‘p surishga muvaffaq bo‘lgan.

“Arsenal” o‘z futbolchisini saqlab qolmoqchi

Londonning “Arsenal” jamoasi braziliyalik hujumchi Gabriel Martinellini jamoada uzoqroq olib qolishni rejalashtiryapti. “Mirror” nashri bergan xabarlarga ko‘ra, “kononirlar” futbolchi bilan o‘rtadagi shartnomani tez orada yangilash orqali uning maoshini keskin ko‘tarishni istamoqda.

Futbolchining agenti yangi shartnomaga qarshi emas, biroq unda istalgan paytda Martinellining ketishiga mos banlar bo‘lishini istamoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, shartnoma iyul oylarida qayta ko‘ri, chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida “Arsenal”ning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etilgan yosh hujumchibilan “Yuventus” va “Real Madrid” jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Lallana qayerga ketadi


Ayni damda Angliyaning “Liverpul” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Adam Lallana yozda Italiyaga yo‘l olishi mumkin.

“Mirror”ning ma’lum qilishicha, futbolchi bilan Rimning “Latsio” klubi jiddiy qiziqib qolgan. 31 yoshli futbolchi yozda erkin egentga aylangani bois, uning xaridorlari juda ko‘p.

Rim klubidan tashqari, futbolchi bilan “Lester”, “Tottenhem” va “Arsenal” jamoalari ham qiziqmoqda.

Futbolchining o‘zi hali yakuniy qarorga kelgani yo‘q. uning agenti barcha masalalar mavsum so‘nggida ko‘rib chiqilishini rasman e’lon qildi.

Aleksis Sanches qoladimi?

 

Ayni damda Milanning “Inter” safida ijara asosida to‘p surayotgan Aleksis Sanches Konte tomonidan jamoaga keraksiz deb topildi. Bu haqida “LeGazzetaDellaSport” ma’lum qilgan.

Shuningdek, “FootballItalia” nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, chililik hujumchining o‘yinlari “Inter” rahbariyatini qoniqtirmagani bois, klub uni sotib olishdan bosh tortdi. Shu sababli, hujumchi yozda yana “Manchester Yunayted” safiga qaytadigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Sanchesning “qizil iblislar” bilan tuzgan shartnomasi ikki yarim yildan so‘ng o‘z yakuniga yetadi. Ayni damda Aleksisning transfermarket portalidagi narxi 25 million yevroga teng.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 15:50, 23.02.2020.
O'qildi: 6741 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.