Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq - Tailand
03/02 15:00 Yaponiya - Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya - Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

APL. «Arsenal» juda qiyin g‘alabaga erishdi (videosharh)

APL. «Arsenal» juda qiyin g‘alabaga erishdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 27-turi doirasida "Arsenal" o‘z uyida "Everton"ni qabul qilib, juda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Liverpulliklar raqib darvozasini ishg‘ol qilishgan paytda uchrashuvning endigina 49-soniyasi o‘tib borayotgan edi. Jarimadan yetkazilgan uzatmani "Arsenal" himoyachisi qaytardi, ammo to‘pni egallagan  Dominik Kelvert-Lyuin chalqancha zarba bilan hisobni ochdi.

Shundan so‘ng Arteta shogirdlari o‘yinni nazoratini o‘z tomonlariga olib, bir nechta xavfli vaziyatlar yaratishdi. Urinishlar 27-daqiqada o‘z samarasini berdi. Saka chap qanotdan yetkazgan uzatmani Eddi Nketia "Everton" darvozasiga burib yubordi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan "kanonirlar" oldinga o‘tib olishdi. David Luisning uzatmasidan keyin Pyer-Emerik Obameyang darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga qochib ketdi va darvozani zabt etdi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa mersisaydliklar burchak zarbasini amalga oshirishdi va Risharlison imkoniyatdan foydalanib, muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa "Arsenal" yana oldinga o‘tib oldi. Pepe qanotdan yetkazgan uzatmani Obameyang darvozaga joylashga muvaffaq bo‘ldi.

Shundan so‘ng mezbonlar ustunlik va to‘p nazoratini "Everton"ga berib qo‘yishdi. Mehmonlar naq 3ta vaziyatni golga aylantirishda ularga omad yetishmadi. O‘z navbatida, 88-daqiqada Nketianing zarbasidan keyin to‘p to‘singa tegib qaytganini ta’kidlash lozim.

Ushbu g‘alabadan keyin "Arsenal" o‘z ochkolarini 37taga yetkazib, jadvalda 9-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Angliya premyer-ligasi, 27-tur
Arsenal – Everton 3:2 (2:2)
Gollar: 0:1 – 1 Kelvert-Lyuin, 1:1 – 27 Nketia, 2:1 – 33 Obameyang, 2:2 – 45 Risharlison, 3:2 – 46 Obameyang.
Arsenal – Leno, Kolashinas (Saka, 18), David Luiz, Mustafi, Belyerin, Sebalyos (Torreyra, 76), O‘zil (Genduzi, 82), Jaka, Pepe, Nketia, Obameyang.
Everton – Pikford, Sidibe, Mina, Xolgeyt, Beyns, Sigurdsson, Shnayderlin (Andre Gomesh, 59), Ivobi (Bernard, 60), Delf (Kin, 82), Risharlison, Kelvert-Lyuin.
Ogohlantirishlar: Shnayderlin (31), Risharlison (45), Sigurdsson (73), Andre Gomesh (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:42, 23.02.2020.
O'qildi: 4862 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.