Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

“Xumo” jamoasi sardori muxlislarga murojaat qildi

“Xumo” jamoasi sardori muxlislarga murojaat qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Intervyular

“Xumo” tashkil topgan yilidayoq pley-off o‘yinlariga chiqqanidan xabaringiz bor. Ayni damda jamoa mavsumdagi eng muhim uchrashuvlarda maydonga tushmoqda. Ushbu uchrashuvlar oldidan “qanotlilar” sardori muxlislarga murojaat qildi.

Toshkentliklar o‘zlari ishtirok etayotgan 1-Konferensiyada 7-o‘rinni egallagan xolda pley-offga yo‘llanma olishgach, 4 kun davomida pley-offdagi raqiblari kim bo‘lishini kutishlariga to‘g‘ri keldi. Yakunda “Xumo”ga raqiblik qilishi mumkin bo‘lgan («Gornyak», «Toros» va «Neftyanik») jamoalar orasida “Toros” qolganlardan kuchliroq chiqdi. “Toros” o‘z divizionida g‘olib chiqibgina qolmay,  o‘z  Konferensiyada ikkinchi o‘rinni egalladi.

Ikki jamoa o‘rtasidagi ilk uchrashuv yaxshiroq statistika namoyish etgan “Toros”ning uy arenasida bo‘lib o‘tdi. Teng kurashlarga boy o‘tgan bahsda raqiblarimiz o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalanishdi va “Xumo”ni 3:0 natijasi bilan taslim qilishdi. Ushbhu qarama-qarshilikdagi ikkinchi o‘yinda “Xumo” katta ustunlikka erishgan bo‘lsada, faqatgina overtaymlardagina g‘alaba qo‘lga kiritildi. Ushbu seriyadagi vaziyatni to‘liq o‘zgartirib yuborishi mumkin bo‘lgan ikkita uchrashuv (26-fevral,27-fevral)   endi Toshkentdagi “Xumo arena”da bo‘lib o‘tadi. Chorashanba kungi o‘yin soat 19-00, payshanba kungi uchrashuv 18-00da start oladi.

Aleksandr Sherbina, «Xumo» jamoasi sarodir:

Hurmatli muxlislar!

Sizlar butun mavsum davomida bizni ajoyib tarzda qo‘llab-quvvatladingiz. Bu bizning g‘alaba qozonishimizda katta ko‘mak berdi. Sizlar bizning muzdagi 6-o‘yinchimizga aylandingiz. Shayba kiritish kerak bo‘lgan chog‘ xujumga, qiyin vaziyatda himoyaga qaytishimizga ko‘maklashdingiz.
Oldimizda mavsumning eng muhim o‘yini bizni kutib turibdi. Raqibimiz – “Toros” bir necha bor VHLda g‘olib chiqqan, biroq bizni ortimizda nafaqat Toshkent, balki butun O‘zbekiston turibdi.

Biz bu o‘yinlarda faqat g‘alaba uchun muzga chiqamiz va bilamizki sizlar bizni yolg‘iz qoldirmaysizlar. Sababi, nafaqat biz, balki siz aziz muxlislar uchun ham pley-off o‘yinlari Toshkentga kelmoqda. Sizlarni 26 va 27-fevral kunlari “Xumo Arena”da kutib qolamiz. Keling, birga g‘alaba qozonomiz!”

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:35, 24.02.2020.
O'qildi: 4012 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.