Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ilhom Mo‘minjonovning diskvalifikasiya muddati qisqartirildi

Ilhom Mo‘minjonovning diskvalifikasiya muddati qisqartirildi

Baho:
+ | -

2019 yilning 1 aprelida O‘FA Etika qo‘mitasi tomonidan “Navbahor” futbol klubining sobiq bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov 4 yil muddatga futboldagi har qanday faoliyatdan chetlashtirilgan edi.

2020 yilning 3 yanvarida “Surxon” futbol klubi Etika qo‘mitasiga Ilhom Mo‘minjonov ishini qayta ko‘rib chiqishni so‘rab murojaat qildi. Mazkur murojaatda “Surxon” futbol klubi kafil sifatida Ilhom Mo‘minjonovning diskvalifikasiyasi bo‘yicha qarorni qayta ko‘rib chiqib, uning murabbiylik faoliyati tiklanishi so‘ralgan.

Mazkur murojaat O‘FA Etika qo‘mitasi tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi. Qolaversa, Ilhom Mo‘minjonov chin ko‘ngildan pushaymon ekanligi, shuningdek uni diskvalifikasiya qilishda asosan bir tomonlama dalillarga asoslanganini bildirdi. Bundan tashqari Ilhom Mo‘minjonov Etika qo‘mitasiga vaziyatni yanada yaxshiroq o‘rganish uchun qo‘shimcha ma’lumotlar va o‘zi faoliyat yuritgan futbol klublari xodimlarining u haqidagi tavsifnomalarini taqdim etdi.

Etika qo‘mitasi tomonidan “Surxon” futbol klubini Mo‘minjonovning bundan keyingi faoliyatiga kafolat berayotganligi, “Navbahor” klubining xodimlari va futbolchilari tomonidan unga nisbatan ijobiy tavsif berilganligi, o‘tgan bir yil davomida murabbiyning mazkur holat yuzasidan zarur xulosalar chiqarganligi va pushaymon bo‘lganligi inobatga olinib, Ilhom Mo‘minjonovga nisbatan qo‘llanilgan 4 (to‘rt) yil muddatga futboldagi har qanday faoliyatdan chetlashtirish intizomiy jazo chorasi qisqartirildi. Endilikda O‘FA Etika qo‘mitasi qaroriga ko‘ra Ilhom Mo‘minjonov diskvalifikasiyasi 2020 yilning 31 dekabriga qadar amal qiladi.

Shu bilan bir qatorda, mazkur murabbiy tomonidan kelgusida bu kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘yilgan taqdirda qat’iy chora ko‘rilishi belgilab qo‘yildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 12:10, 25.02.2020.
O'qildi: 5683 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.