Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Ronaldu urinib ko‘radi yoxud «Lion»da imkon bormi?

Ronaldu urinib ko‘radi yoxud «Lion»da imkon bormi?

Baho:
+1 | -

Stadion.uz bugun bo‘lib o‘tishi kutilayotgan “Yuventus” va “Lion” o‘yiniga qisqacha prevyu shaklida to‘xtalib o‘tadi.

Aslida Chempionlar ligasining pley-off bosqichida kuchsiz raqiblar bo‘lmaydi. Shunga qaramay, ushbu juftlikda kim musobaqani davom ettirishi barchaga ayondek… Darhaqiqat, Italiyada peshqadamlik qilayotgan jamoa bugun Fransiya chempionatida kuchli 8 jamoadan biri bo‘lish uchun kurashayotgan klubga qarshilik qiladi. Bundan tashqari, “Yuventus” va Ronaldu ajoyib formaga kirib olgan.

Pley-offgacha bosib o‘tilgan yo‘l

“Lion” 5-turda “Zenit”dan mag‘lubiyatni qabul qilib olgach, musobaqani tark etishga juda yaqin kelgan edi. So‘nggi turda “Olimpik” “RB Leypsig” bilan o‘yinda xarakter namoyish etdi va o‘yin 2:2 natijasi bilan yakunladi. Narigi uchrashuvda “Benfika” “Zenit”ni tor-mor keltirgani uchun “Lion” keyingi bosiqichga chiqdi. Soddaroq qilib aytganda, guruh bosqichida “Lion”ning omadi kelgani uchungina keyingi bosqichga chiqdi.

“Yuventus” 4 ta turdayoq keyingi bosqichga chiqishni uddaladi. Guruh bosqichida Ronaldu emas, Paulo Dibala jamoaning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Yakunda turinliklar 16 ochko bilan guruhda birinchi o‘rinni egallashdi.

Jamoalar qanday formada?

2020-yilda “Yuventus” 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va 8 ta g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, klub 2 ta mag‘lubiyat va 1 ta durangga ham imzo chekdi. Yangi yildan so‘ng “Verona” va “Napoli”dan yengilgan jamoa “Lion”ga qarshi o‘yindan oldin SPALni 2:1 natijasida mag‘lub etdi. Ayni damda jamoaning eng yaxshi futbolchisini Ronaldu Dibaladan “tortib oldi”.  Portugaliyalik futbolchi so‘nggi 10 ta o‘yinda 13 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

“Lion” bugungi kunga kelib ichki birinchilikda 7-11 pog‘onada bormoqda. “Yuventus”ga qarshi uchrashuv oldidan “Lion” ham mehmonda o‘yin o‘tkazdi va “Mets” darvozasiga javobsiz ikkita gol yo‘lladi. Agar chempionat borasida so‘z ketsa, “Lion” 5 ta tur deganda endigina g‘alaba qozonganini qo‘shib qo‘yish joiz. Ichki birinchilikni hisobga olmasa, kubok o‘yinlarida jamoa chakki ishtirok etmayapti. Jamoa Liga kubogi finalini naqd qilgan bo‘lsa, o‘tgan xaftada Fransiya kubogi chorak finalida “Marsel”ni musobaqadan chiqarib yubordi. Rudi Garsiya mavsumni qutqarib qolishi uchun hech bo‘lmasa ikkita kubokdan birida g‘olib chiqishi talab etiladi.

O‘yin oldi fikrlar
 
Rudi Garsiya

"Biz “Yuventus” muammolar tug‘dirishga ruhan tayyor bo‘lishimiz kerak. Biz nafaqat himoyada, balki boshqa pozisiyalarda ham o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni namoyish etishimiz shart. Hali hech narsa boy berilgani yo‘q. Sarri “Yuvnetus”da “Empoli” va “Napoli”da ko‘rsatgan taktikasidan foydalanmoqda. U kuchli taktik ekanligini qo‘shib qo‘ymoqchiman. Biz Ronalduni qo‘riqlash uchun maxssus reja tuzmadik. Sababi, agar bunday ishga qo‘l ursak, Dibala va Iguainga ham shu uslubni qo‘llashimizga to‘g‘ri kelar edi. Biz “Yuventus”ga qarshi yakdillik bilan harakat qilamiz".

Maurisio Sarri

"Bizning maqsadimiz Skudetto bo‘lsa, orzumiz — YECHL g‘olibligi. Ba’zan hayotda orzular ketidan quvib maqsadni chetga surib tashlash foydali. Bu musobaqaning muammosi shundaki, uning pley-off bosqichida o‘yinlar juda oz. Har bir o‘yin keyingi bosqich masalasini hal etib qo‘yishi mumkin. “Lion” — xavfli jamoa. Ularda ajoyib texnika va tezkor yigitlar mavjud. “Lion”ning bu bosqichga yetib kelishini tasodifga yo‘ymagan bo‘lar edim. Bizni oldinda qiziqarli va murosasiz o‘yin kutib turibdi".

Taxminiy tarkiblar

«Lion» (4-2-3-1): Lopesh — Tete, Anderson, Denayer, Marsal — Mendesh, Tusar — TerYE, Auar, Traore — Dembele.

«Yuventus» (4-3-3): Shchesni — Danilo, Bonuchchi, de Ligt, Aleks Sandro — Matyuidi, Bentankur, Remzi — Dibala, Kuadrado, Ronaldu.

Jarohatlar

“Lion”ning yuragi va yetakchisi Memfis Depay bu uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi. Shuningdek, Jeff Ren-Adellet, Yusuf Kone va Rafael ham “Yuve”ga qarshi o‘yinni jarohat sababli o‘tkazib yuborishadi.

“Yuventus”da ham yo‘qotishlar yo‘q emas. Masalan, mavsumni yaxshi boshlagan Merix Demiral o‘yinda ishtirok eta olmasa, Xedira va Duglas Kostada kichik jarohatlar mavjud. Shuningdek, Iguainda ham kichik muammo mavjud.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 15:21, 26.02.2020.
O'qildi: 7971 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.