Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

YECHL. Nimchorak finalning eng muhim uchrashuvi haqida

YECHL. Nimchorak finalning eng muhim uchrashuvi haqida

Baho:
+ | -

Stadion.uz “Real Madrid” va “Manchester Siti” to‘qnashuviga to‘xtalib o‘tadi.

O‘zaro to‘qnashuvlar haqida

Shu kunga qadar ikki klub o‘zaro YECHL bahslarida ikki bor to‘qnash kelishgan. Madridda o‘tgan ikkita uchrashuvda ham “qirollik klubi”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa(3:2,1:0), Angliyadagi o‘yinlari durang natijalar (0:0,1:1) yakunlangan.

Jamoa bosh murabbiylarining ikkisi ham futbolchilik davrida ushbu musobaqada g‘olib chiqishni uddalagan.

Pep Gvardiola uchun “Manchester Siti” Madrid jamoasiga qarshi uning qo‘l ostida harakat qilayotgan 3-jamoaga aylanadi.

Shu kunga qadar, ispaniyalik mutaxassis 4 bor (barchasi “Barselona” bilan) YECHL pley-off bahslarida “qirollik klubi”ga qarshi shogirdlarini maydonga boshlab tushgan va o‘yinlarining 3 tasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Bitta uchrashuvda esa tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan.

O‘yin oldidan “Real Madrid” statistikasi

“Shaharliklar”ga qarshi o‘yin oldidan “Real Madrid” La Liga o‘yinlarida 15 ta uchrashuvdan beri mag‘lub bo‘lmayotgan edi. “Levante”ga qarshi uchrashuvda (0:1) bu seriyaga barham berildi va musobaqa jadvalida “Barselona” azaliy raqibidan o‘zib ketdi.

“Real Madrid” YECHL guruh bosqichida PSJdan keyingi o‘rinda guruhdan chiqdi. “Manchester Siti”dan farqli o‘laroq, “Real Madrid” guruh bosqichida PSJdan yirik (3:0) mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

“Real Madrid” yevrokuboklar doirasida “Santyago Bernabeu”da o‘tkazgan so‘nggi 10 ta uchrashuvning atigi 3 tasida g‘olib chiqdi xolos. 2 ta uchrashuvda g‘olib aniqlanmagan bo‘lsa, yana 4 ta o‘yinda mehmonlar “Real Madrid” ustidan g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lishgan.

“Real Madrid”ning bu mavsumda YECHLdagi eng yaxshi to‘purar futbolchisi Karim Benzema va Rodrigo bo‘lib turishibdi. Ularning xisobida 4 tadan gol mavjud.

“Qaymoqranglilar” uchun bu hafta oson kechmasligi aniq. sababi, ularni “Manchester Siti” bilan o‘yindan so‘ng, “el-klasiko” ham kutib turibdi.

O‘yin oldidan “Manchester Siti” statistikasi

Madridga uchib ketish oldidan mankunianliklar “Lester”ni minimal xisobda yengdi va “tulkilar”dan 7 ochkoga ilgarilab ketdi. “Liverpul” bilan o‘rtadagi farq 22 taligicha qolmoqda.

“Shaxarliklar” YECHL guruh bosqichini juda ishonchli tarzda o‘tkazishdi va guruhda 14 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lishdi.

“Manchester Siti”ning pley-offlarda ispan klublari bilan to‘qnashuvlari ko‘pincha ko‘ngilsizlik bilan yakunlangan. Shu kunga qadar, “shaharliklar” pley-offda ispan klublari bilan 10 ta o‘yinda maydonga tushishga bo‘lsada, atigi bir bor g‘alaba qozonishgan xolos. 3 ta o‘yinda murosaga kelingan bo‘lsa, yana 6 ta uchrashuvda ispanlarning qo‘li baland kelgan.

“Manchester Siti”ning YECHLdagi eng foydali futbolchisi Rahim Sterling sanaladi. Vinger bu guruh bahslarida 5 ta gol kiritishga ulgurdi. Shuningdek, Riyod Mahrez hisobida 4 ta assist ham mavjudd.

“Manchester Siti” YECHLdoirasidagi so‘nggi 10 ta uchrashuvda 30 ta golkiritishga muvaffaq bo‘ldi. Jamoa 17 ta uchrashuvdan beri YECHL o‘yinlarini golsiz tark etmayapti.

Tarkiblardagi muammolar

“Real Madrid”ga “Siti” bilan o‘yinda Eden Azar yordam bera olmaydi. Belgiyalik futbolchi Madrid jamoasida o‘zining 4-jarohatini yaqindagina ortirib oldi. Shuningdek, jamoaga Asensio ham yordam bera olmaydi.

“Manchester Siti” yetakchisi Rahim Sterling ham bu o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin. Shunga qaramay, Gvardiola shogirdi o‘yinga tayyor ekanligini rasman ma’lum qildi. Leroy Sane birinchi uchrashuvni o‘tkazib yuborishi aniq.

Bugungi o‘yinda “Levante” bilan bahsda zaxirada qolgan Federiko Valverde va “Lester”ga qarshi maydonga tushmagan David Silvani ko‘rishimiz mumkin.

Taxminiy tarkiblar

«Real» (4-3-3): Kurtua — Karvaxal, Varan, Ramos, F. Mendi — Kazemiro, Valverde, Kroos — Beyl, Vinisius, Benzema.

«Manchester Siti» (4-3-3): Ederson — Uoker, Fernandinyo, Lyaport, B. Mendi — Rodrigo, De Bryuyne, D. Silva — B. Silva, Sterling, Aguero

O‘yin oldi fikrlar

Zayniddin Zidan

“Manchester Siti”ga qarshi uchrashuv ajoyib voqea. Ko‘plab futbolchilar bunday o‘yinlarda maydonga tushishni orzu qilishadi. “Shaharliklar”ning kuchli tomonlari ko‘p. Shuningdek, ularda zamonamizning eng yaxshi murabbiyi ishlamoqda. U men uchun dunyodagi eng yaxshi murabbiy.

Pep Gvardiola

Doimo “Real Madrid”ning o‘yinlaridan zavqlanganman. Ular bu musobaqaning finalida shunchalar ko‘p ishtirok etishgan-ki, necha bor chempion bo‘lishganini ham bilmayman. Biz ular singari musobaqaning azaliy fovoritlari bo‘lishni istaymiz. Biz dunyoning eng go‘zal stadionlaridan birida g‘alaba qozonishni juda istayapmiz. Bizni musobaqaning chinakam qirollariga qarshi o‘yin kutib turibdi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 18:02, 26.02.2020.
O'qildi: 6198 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.