Kirish Ro'yxatdan o'tish

Zidan: «So‘nggi 10 daqiqada bizga konsentrasiya yetishmadi»

Zidan: «So‘nggi 10 daqiqada bizga konsentrasiya yetishmadi»

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida «Manchester Siti»ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Biz 75 daqiqa davomida yaxshi o‘ynadik. Mag‘lubiyatdan xafamiz, ammo to‘qnashuv 180 daqiqa davom etadi. Endi esa qandaydir ijobiy narsa izlab topishimiz kerak. Hisob borasida xursand bo‘ladigan hech narsa yo‘q. So‘nggi daqiqalarni inobatga olmaganda biz yaxshi o‘ynadik. Endi esa Manchesterda g‘alaba qozonishimiz talab etiladi.

Mudofaada xatolar bo‘ldi, ammo bu futbolning bir qismi. Biz maydonda borimizni berdik. Murakkab o‘yinda bizga yana 10 daqiqa konsentrasiya yetishmadi. Buning uchun to‘lov to‘ladik», – dedi Zidan.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 09:55, 27.02.2020.
O'qildi: 4563 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик