Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
23/01 20:00 Vyetnam - Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Superliga. Asabiy kechgan o‘yinda «Paxtakor» so‘nggi daqiqalarda «Navbahor»ni mag‘lub etdi

Superliga. Asabiy kechgan o‘yinda «Paxtakor» so‘nggi daqiqalarda «Navbahor»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -1

O‘zbekiston superligasining yangi mavsumi shiddatli o‘yin bilan boshlandi. Amaldagi chempion "Paxtakor" o‘z oldiga yuqori maqsadlar qo‘yayotgan "Navbahor"ni qabul qildi. "Paxtakor" stadioniga mezbon jamoa ishqibozlaridan ko‘ra namanganlik muxlislar ko‘proq tashrif buyurishdi va ular "Navbahor"ni qizg‘in qo‘llab-quvvatlab turishdi.  

Kanchelskis shogirdlari butun jamoa bo‘lib himoyalanib, o‘z e’tiborlarni qarshi hujumga qaratishdi. Ushbu taktika bahsning 26-daqiqasida o‘z samarasini berdi. Paxtakorchilar burchak zarbasini amalga oshirishdi, ammo to‘pni egallagan namanganliklar qarshi hujumga o‘tib ketishdi. Solovyov "Paxtakor" jarima maydoniga kirdi, bir himoyachini chalg‘itdi va kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 3-daqiqa o‘tib borayotganida esa "Navbahor" yarim himoyachisi Islom Isoqjonov raqib futbolchisiga nisbatan xavfli o‘ynagani uchun ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa "Paxtakor" hisobni tenglashtirdi. Masharipov-CHeran-Sergeev kombinasiyasidan so‘ng Igor to‘pni darvozaning yuqori burchagiga aniq yo‘lladi - 1:1.

Ikkinchi bo‘limda "lochinlar" tezkor gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsalar-da, bir kishi kam bo‘lib o‘ynashda davom etgan bo‘lsalar-da, ishonchli himoyalanishda davom etishdi. Darvoza tomon yo‘llangan zarbalarni esa O‘tkir Yusupov bartaraf etib turdi.

O‘yin tugashiga 8 daqiqa qolganda jamoalar safidagi futbolchilar soni tenglashdi. Ilgiz Tantashev toshkentliklar sardori Yegor Krimesga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatib, uni maydondan chetlatdi.

"Paxtakor" esa o‘yin so‘ngida g‘alabani ilib ketdi. O‘ng qanotda belgilangan jarima zarbasini Masharipov o‘yinga kiritdi va Sergeev yaqin masofadan darvozani zabt etdi.

Shu tariqa, juda asabiy o‘tgan o‘yinda "Paxtakor" g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

Superliga, 1-tur. 16:00
"PAXTAKOR" - "NAVBAHOR" - 2:1 (0:1)
Gollar: Igor Sergeev (51, 88) — Ivan Solovyov (26)
Ogohlantirishlar: Alijonov (12), Krimes (33), Sobirxo‘jayev (40), Derdiyo‘q (72) — Isoqjonov (21), Muxtorov (82)
Chetlatishlar:  Yegor Krimes (78, ikkinchi ogohlantirish) — Islombek Isoqjonov (45+3, ikkinchi ogohlantirish)
"Paxtakor": 25.Eldorbek Suyunov, 3.Hojiakbar Alijonov, 5.Anzur Ismoilov, 9.Jaloliddin Masharipov, 10.Dragan Cheran, 11.Igor Sergeev , 15.Egor Krimes, 17.Dostonbek Hamdamov (Asad Sobirjonov 83), 20.Odil Hamrobekov, 27.Sardor Sobirxo‘jayev (Eren Derdiyo‘q 68), 34.Farruh Sayfiyev.
"Navbahor": 1.O‘tkir Yusupov, 7.Azim Ahmedov, 9.Ivan Solovyov, 10.Azizbek Turg‘unboyev, 11.Islom Isoqjonov, 19.Mirzohid G‘ofurov, 20.Amirbek Jo‘raboyev, 22.Igor Golban, 27.Islom Rashidxonov, 28.Xurshid Muxtorov, 70.Abbos G‘ulomov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:59, 27.02.2020.
O'qildi: 6576 marta.
Fikrlar: 52 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.