Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
01/01 22:30 Kristal Pelas - Fulhem
01/01 22:30 Liverpul - Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti

«El-klasiko» atrofidagi klassik manzara

«El-klasiko» atrofidagi klassik manzara

Baho:
+ | -

Martning birinchi kuni Ispaniyada «El-klasiko» bo‘lib o‘tadi. Jamoalar turnir jadvalida yonma-yon borishmoqda. Chempionlik uchun kurash avjida. Ikkisi ham CHL pley-off bosqichidagi ilk o‘yinni yomon o‘tkazdi.

Biz bu o‘yinda yana bir bor Messining qanday sport formasida ekanini bilib olarmiz, balki...

Zidanning rotasiyalardagi topqirligiga yana guvoh bo‘larmiz, balki...

Balki, hamma tanqid qilayotgan Beyl qahramonga aylanar...

Yosh Ansu Fati klasikodagi ilk golini urar, balki!

Bular yo bo‘ladigan, yo bo‘lmaydigan ishlar. Taxminlar, xolos!  

Biroq, bo‘lishi aniq bo‘lgan bir ish ham bor.

Biz «El-klasiko»dan avval, o‘yin vaqti va bahsdan so‘ng o‘zi uchun yarim misqol nafi bo‘lmagan voqea atrofida o‘z yurtdoshini tarmoqda yoki real hayotda so‘kayotgan, urishga tayyor bo‘lgan va urganlarni ko‘ramiz, albatta!

Tarmoqda sevimli klubining mag‘lubiyatidan so‘ng yoqa yirtayotganlar to‘dasini ko‘rsam g‘ashim keladi. O‘zi virtual olam qiziq. "Hech kim meni bilmaydi, tanimaydi", - deb hayotda pichirlab ham aytolmaydigan gaplarini qofiyasiga solib, she’r qilib yozadiganlar ko‘p bu yerda. Ba’zilar o‘ziga umuman aloqasi bo‘lmagan futbolchilar-u, klublarni "himoya" qilaman deb, og‘zidan shunday gaplar chiqaradi-ki, bunaqa najosat asli boshqa joydan chiqmasmidi, deb xayron bo‘ladi odam. Bir-biriga tahdid qilishlarni aytmaysizmi! Yaqinda blogerlardan biri "klaviatura orqali front ko‘rganlar" haqida qisqa ammo haq gapni aytdi. Ba’zi, qaytaraman — ba’zi toifa fanatlarni ham shunday tariflagan bo‘lardim.

Futbol go‘zal sport turi. Undagi yashillikning o‘zi insonga ruhiy hordiq bera oladi. Chiroyli o‘yin, chiroyli gollar... biror klub yo futbolchiga muxlislik qilishda ham ayb yo‘q, aslo! Aksarimiz ham shundaymiz, masalan. Lekin, o‘sha muxlislikning ham chegarasi bor emasmi?!

Asosli bahslar bosh ustiga. Bunda fikr almashish mumkin kamida.

Ammo, yosh bolalar kabi "kimning klubi zo‘r" o‘yiniga berilib, hurmatni to‘kish to‘g‘rimi?!  Nahot miriqib futbol ko‘rib, natija qanday bo‘lsada qo‘l tashlashib xayrlashishning iloji yo‘q?! Lol qoldiradigani ba’zilar futbolning bor kayfini  shundan deb tushunishida. "Urushmasa, so‘kishmasa, talashmasa...unda muxlislik qilishdan nima foyda", - degandi bir odam menga. Ha! Mantiq — dahshat!

Xullas, bu safar ham «El-klasiko» atrofida klassik manzaraning guvohiga aylanamiz.

Qani edi yanglishayotgan bo‘lsam, qani edi unday bo‘lmasa!

Orif Tolipov.

Kiritildi: 13:05, 28.02.2020.
O'qildi: 11653 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.