Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Timurxo‘ja Abduxoliqov: “Jamoaga qaytishimning Babayanga aloqasi yo‘q”

Timurxo‘ja Abduxoliqov: “Jamoaga qaytishimning Babayanga aloqasi yo‘q”

Baho:
+ | -

Hozirgina o‘z yakuniga yetgan “Lokomotiv” va “Andijon” o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng, “Loko” hujumchisi Timurxo‘ja Abduholiqov bilan kichik suhbat uyushtirdik

-Timurxo‘ja bugun “Loko” ko‘rsatgan futbol hech kimda yaxshi taassurot qoldirmadi. Buning sababi nima bilan bog‘liq?

- Avvalo mavsumning ilk o‘yini ekanligini unutmaslik lozim. Bugun iloji boricha ehtiyotkorona futbol o‘ynashga harakat qildik. Shu sababli zerikarliroq futbol namoyish etgan bo‘lsak kerak.

- Bugun asosan qanotlarda harakat qildingiz?

- Ochig‘i bu murabbiylar ko‘rsatmasi. Vaziyat shuni talab etgani uchun chap va o‘ng qanot yarim himoyasida harakat qildim. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida yana markazga qaytdim. Murabbiylar aytgan nuqtada harakat qilishimiz lozim.

- Bu mavsumda “Loko”ning tarkibi har doimgidanda kuchsizroqdek tuyulmayaptimi?

- Buni vaqt ko‘rsatadi. Ayni damda bizni hech kim chempionlik uchun kurash olib boradiganlar qatoriga qo‘shmayapti. Bir tomondan bu ham yaxshi. Hozircha biz bilan hisoblashishni istamaganlarga mavsum so‘ngida ko‘rsatib qo‘yamiz. Yigitlardan ko‘nglim to‘q. Asosiysi nomlar emas, jamoaviy o‘yin.

- Siz va Samvel Babayan o‘rtasidagi mojoroga “Loko”da ham davom etganidan xabarimiz bor. Nega jamoaga Babayan kelgach, boshqa klubga o‘tdingiz. U ketgach yana jamoaga qaytingiz. Samvel Babayan bilan aloqalaringiz hali ham yomonmi?

- Futbolga tushunadigan odamlarning barchasi Babayan bilan aloqalarimiz qanday ekanligini yaxshi biladi. Men, Babayan klubga kelgani uchun jamoadan ketmadim. Shunchaki taklif bo‘ldi va u meni to‘liq qanoatlantirgani uchun rozi bo‘ldim.

- Demak “Loko”dan ketishingizga Babayanning aloqasi yo‘q?

- Yuqorida aytganimdek futbolni tushunadigan barcha bu savolning javobini biladi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:37, 28.02.2020.
O'qildi: 3669 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик