Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
23/01 20:00 Vyetnam - Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Ertangi “el-klasiko” chempionlik masalasini hal qiladimi?

Ertangi “el-klasiko” chempionlik masalasini hal qiladimi?

Baho:
+ | -

Ertaga La Liganing navbatdagi turi doirasida markaziy o‘yin bo‘lib o‘tadi. Gap barchamiz kutayotgan “Barselona” — “Real Madrid” qarama-qarshiligi haqida ketyapti.

O‘yinga ikkala jamoa ham o‘xshash kayfiyatlarda yetib kelishdi. “Barselona” YECHL doirasida “Napoli”ni mag‘lub eta olmadi. O‘sha o‘yindan kelib chiqib ushbu natijani Kataloniya klubi uchun yaxshi deyish mumkin, ammo umuman olganda Kike Setyen shogirdlari Neapolda o‘zlari kutgan natija qayd eta olishmadi.

“Real”da vaziyat yanada yomonroq. “Santyago Bernabeu”da “Manchester Siti”ga mag‘lub bo‘lgan, kamiga ikkita gol o‘tkazib yuborgan “qaymoqranglilar” chuqur o‘yga tolishgan. Ham Zidanning, ham futbolchilarning miyasi bir chetida “Javob o‘yinida nima bo‘larkin?” degan o‘ylov borligi tayin garchi Zidan “Bor e’tiborimizni “Barselona”ga qarshi o‘yinga qaratganmiz”, degan bo‘lsa-da.

Ertaga Azar tushmaydi. Bu “Real” uchun yo‘qotish. Ammo avvalgi “el-klasiko”da ham “Real” Azarsiz o‘ynaganini va yaxshi o‘ynaganini inobatga olsak, bundan fojia yasash kerak emas. 

Bir narsa aniq, tarkibdagi yo‘qotishlarga qaramasdan, “Real” ertangi o‘yinda bor ustunlikni raqibga berib qo‘ymaydi, jamoa xuddi avvalgi “klasiko”dagidek o‘yin ko‘rsatishi katta ehtimol. Balki, vaziyatlardan unumli foydalansa, g‘alaba qozonishi ham mumkin. Faqat bu yog‘iga “yulduzi porlashi”ga qarab harakat qiladigan Karimjonning yulduzi charaqlasa bo‘ldi. Umuman olganda, Zidan munosib taktika va tarkib tanlay olsa, hozirgi “Barselona”ni mag‘lub etsa bo‘ladi.

Bugungi “Barselona”ning muammosi “Real”nikidan kam emas. Jamoaning oldingidek istalgan raqibni “yamlamay yutaveradigan” tishlari yo‘q. Umuman, hozirgi “Barselona”ni o‘tish davrida desak ham bo‘ladi.

“Barselona”da Suares va Dembelening yo‘qligi bir muammo edi. Kamiga Serxi Roberto ham jarohat olib, safdan chiqdi. Bu esa shundoq ham beqaror tarkibga ega bo‘lgan Kataloniya klubidagi muammolarni yanada chigallashtiradi. Setyen Robertoning o‘rnini qanday yopadi, buni yakshanba kuni bilib olamiz.

“Barselona” Messining borligi klubga “Real” ustidan bir qadar ustunlikni ta’minlashi kerak edi. Boisi, bugungi “Real”da yetakchi futbolchi yo‘q. Ammo Kataloniya klubidagi muammolar shunchalik chigalki, Messi fenomeni ham bilinmay ketyapti.

Xullas, har doimgi “el-klasiko”lar kabi ertaga ham yaqqol favorit yo‘q. Aslida, “el-klasiko” shunday to‘qnashuvki, har qanday holatda ham biror bir jamoani favorit deya olmaymiz. Aynan shunisi bilan ham u “el-klasiko”.

Ertangi o‘yin La Ligada chempionlik masalasini hal qiladimi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bu savolga bemalol “yo‘q”deb javob berish mumkin. Sababi, garchi ertaga “Real”ni mag‘lub etgan taqdirda ham hozirgi “Barselona” keyingi turlarda qoqilishi mumkin. Yoki “Real” g‘alaba qozongan taqdirda ham Zidan shogirdlari qolgan turlarda bemalol g‘alaba qiladi, deb aytishimizga asos bo‘ladigan darajada emas hozir. Demak, ertangi uchun La Ligada shunchaki navbatdagi tur o‘yini, muxlislar uchun esa navbatdagi “el-klasiko”, xolos.

Nizomjon ISLOMOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:26, 29.02.2020.
O'qildi: 4962 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.