Kirish Ro'yxatdan o'tish

Marotta: "Italiyada mavsumni yakunlamaslik xavfi bor"

Marotta: "Italiyada mavsumni yakunlamaslik xavfi bor"

Baho:
+ | -

Italiyaning «Inter» klubi direktori Djuzeppe Marotta koronavirusning keng tarqaligi oqibatida chempionatning bir qator uchrashuvlari qoldirilishi sababli, chempionat yakunigacha yetkazilmasligi mumkinligidan xavotirda.
- Shuni ta’kidlashni istardimki, vaziyat juda yomon. Hammasi tezroq hal qilinishi kerak edi. Avvaliga o‘yinlar muxlislarsiz o‘tkazilishi haqida qaror qabul qilindi, keyin esa sport vazirligi qarshilik ko‘rsatdi. Liga prezidenti maslahatlashmasdan qaror qilib xato qildi. Vaziyatni birgalikda muhokama qilish va umumiy qaror qabul qilish uchun favqulodda yig‘ilishni chaqirishi kerak edi. Biz esa faqat ko‘rilgan choralar to‘g‘risida xabar oldik, xolos. Agar yana ko‘proq o‘yinlar muddati noma’lum muddatga qoldirilgan, u holda chempionatni yakunlamaslik xavfi bor. Chempionat buzilib ketdi. Jarohatlarni va diskvalifikasiyalarni ham hisobga olish kerak. Shu omillar bizni kelajak haqida o‘ylashga majbur qiladi, chunki taqvim juda tor. Jamoalar sonini 20tadan 18taga kamaytirish kerak edi. Mana shu variant orqali favqullodda vaziyatlar uchun bo‘sh taqvim bo‘lar edi. Biz hozir chorasiz vaziyatdamiz, — dedi Marotta La Gazzetta dello Sport nashriga.

Kiritildi: 15:10, 01.03.2020.
O'qildi: 2600 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик