Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza 0-1 Bolonya
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut - Brentford
04/03 00:30 Everton - Byornli
04/03 00:30 Lids - Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

"Real" — "Barselona": birinchi bo‘limdan so‘ng...

"Real" — "Barselona": birinchi bo‘limdan so‘ng...

Baho:
+ | -

"El-klasiko" kutilganidek kechyapti. Hozircha. Yomg‘ir yog‘ayotganini va jamoalarning bugungi o‘yinga ko‘ngildagidek tarkib bilan yetib kelmaganini inobatga olsak, temp yomon emas.

Birinchi bo‘limda jamoalar teng o‘ynashdi. Har ikkala jamoada ham yetarlicha vaziyatlar yuzaga keldi. "Real" futbolchilari so‘nggi uzatma va zarbada yanglishgan bo‘lishsa, "Barselona"ning vaziyatlarida Tibo Kurtua 3 bor muqarrar goldan jamoasini saqlab qoldi.

Birinchi bo‘limda "Barselona" negadir qarshi hujumda sust o‘ynadi. Bu holat ikki-uch bor ko‘zga tashlandi. Jamoa to‘liq "tiki-taka"ga tayanib harakat qilyapti.

Bosh hakam Mateo Laos ham "el-klasiko"ga jiddiy yondashganini futbolchilarga ko‘rsatib qo‘ydi. U birinchi bo‘limning o‘zidayoq bir necha bor cho‘ntagidan sariq kartochka chiqardi.

"Real" muxlislar kutganidan yaxshiroq harakat qilmoqda. Faqat o‘sha gap, so‘nggi paslar va yakuniy zarbada muammolar bor.

Birinchi bo‘lim haqida shular. Umid qilamizki, ikkinchi bo‘limda gollar guvohiga aylanamiz. Axir golsiz "el-klasiko" "el-klasiko" bo‘larmidi? 

Nizomjon ISLOMOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:52, 02.03.2020.
O'qildi: 3461 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.