Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/06 18:00 Polsha - Niderlandiya
16/06 20:00 So‘g‘diyona 1-0 Nasaf
16/06 20:00 Paxtakor 0-0 Navbahor
16/06 21:00 Sloveniya 1-1 Daniya
16/06 23:59 Serbiya 0-1 Angliya
17/06 18:00 Ruminiya - Ukraina
17/06 20:00 Lokomotiv - Dinamo
17/06 20:00 Olimpik - OKMK
17/06 21:00 Belgiya - Slovakiya
17/06 23:59 Avstriya - Fransiya
18/06 21:00 Turkiya - Gruziya
18/06 23:59 Portugaliya - Chexiya

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

PSJ Mbappeni sotishga tayyot

“The Mirror” nashri bergan xabarlarga ko‘ra, PSJ jamoasi Kilian Mbappening o‘rnini bosishga qodir futbolchilarni izlashni boshlab yubordi. Manba bergan xabarlarga ko‘ra, Mbappe PSJ YECHLda zafar quchmasa, yozda jamoani tark etishi mumkin.

Ayni damda, klub skautlari jamoa uchun yangi yulduz izlash ishlarini boshlab yuborishgan. Ma’lumotlarga qaraganda, klub skautlariga “Borussiya Dortmund” jamoasi vinegeri Jeydon Sanchoning o‘yinlari manzur kelmoqda. Agar, Mbappe jamoadan ketishni istasa, parijliklar uning o‘rniga 19 yoshli inglizni jamoaga taklif etishni rejalashtirmoqda.

Dortmund klubi ham Sanchoni sotib yuborishga qarshi emas. Gap shundaki, 19 yoshli futbolchi jamoadagi ichki tartib-intizomni tinmay buzib kelmoqda.

Inter Chong borasida kelishib oldi

 

“Manchester Yunayted” jamoasi yarim himoyachisi Taxit Chong “Inter”ga o‘tishga juda yaqin turibdi. Bu haqida taniqli “Tuttosport” nashri ma’lum qilmoqda. 20 yoshli futbolchi shaxsiy shartnoma borasida “Inter” bilan kelishib olgan. Unga ko‘ra, gollandiyalik futbolchi yozda Italiya klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Uning maoshi esa, yiliga 2 million yevroga teng bo‘ladi.

Hozircha “Manchester Yunayted” jamoasi bu ma’lumotni tasdiqlaganicha yo‘q, biroq Italiya nashrlarni Taxitni allaqachon “Inter” futbolchisiga aylantirib bo‘ldi.

Pogba “Real”ga kerakmi?

 

“The Sunday star” nashri bergan xabarlarga ko‘ra, “Real Madrid” Pol Pogbaning transferidan to‘liq voz kechdi. Bunga “Manchester Yunayted”ning futbolchi uchun juda katta pul so‘rayotgani sabab bo‘lmoqda.

“Qirollik klubi” futbolchining agenti Mino Rayola bilan aloqaga chiqqan, va uning mijozini yozda xarid qilmasliklarini rasman e’lon qilgan. Ayni damga kelib, Pogba uchun da’vogarlardan faqat “Yuventus” qoldi xolos.

Eslatib o‘tamiz, “qizil iblislari” fransiyalik yarim himoyachining transferidan 100 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.

Robinyo hali tugatmoqchi emas

 

Ayni damda Turkiyaning “Istanbul” jamoasi hujumchisi sanalmush Robino futbolchilik faoliyatini yakunlashga shoshilmyapti. 36 yoshlik futbolchi va turk klubi o‘rtasidagi shartnoma shu yilning iyun oyida o‘z yakuniga yetishiga qaramay, futbolchi faoliyatini davom ettirishni rejalashtirgan.

“Sabah” nashri bergan xabarlarga ko‘ra, Robino klub bilan shartnomasi o‘z yakuniga yetgach, Braziliyaga qaytib ketadi va “Santos” bilan shartnoma imzolaydi. Ayni damda uning agenti va “Santos” klubi o‘rtasida muzokaralar boshlanib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, braziliyalik hujumchi o‘z faoliyati davomida “Real Madrid”, “Manchester Siti” va “Milan” singari grand klublarda to‘p surgan.

“Atletiko” Simioneni olib qoladimi?

 

So‘nggi kunlarda Madridning “Atletiko” jamoasi murabbiyi Diyego Simionening klubdan ketishi haqidagi xabarlar ko‘payib bormoqda. Argentinalik murabbiyning hizmatlari bilan PSJ, “Arsenal” va “Yuventus” qiziqish bildirayotganidan ham xabaringiz bor.

“Mundo Deportivo” bergan xabarlarga ko‘ra, Madrid klubi agar Simione jamoani tark etsa, o‘rniga “Vulverhempton” ustozi Nunu Eshpiritu Santushni taklif etmoqchi.

Madridliklar murabbiy “matraschilar”ni boshqarishga rozi bo‘lishiga shubha qilmayapti. Gap shundaki, klub murabbiy YECHLda ishtirok etish imkonini qo‘ldan boy bermaydi deb ishonmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Nunu Eshpiritu Santush jamoasi Angliyada YECHL yo‘llanmasi uchun kurash olib bormoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 01:53, 02.03.2020.
O'qildi: 7167 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.