"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Real»ning taklifi bilan "el-klasiko"ni tomosha qilish uchun Madridga tashrif buyurdi. Ammo portugaliyalik futbolchi klub prezidenti Florentino Peres bilan yonma-yon o‘tirishni istamadi.
Krishtianu VIP-sektorning qarama-qarshisidagi tribunadan o‘rin oldi. U bahsning 80-daqiqasida «Bernabeu»ni tark etdi.