Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 3-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Orif Tolipov maqolasi: Chorak finalda kimlarni kutyapsiz? (1-qism)

Orif Tolipov maqolasi: Chorak finalda kimlarni kutyapsiz? (1-qism)

Baho:
+ | -

Tez orada YECHL nimchorak finalining javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Juftliklarning aksarida natija e’tiboridan mavhumlik saqlanib qolgan bo‘lsa, ba’zilarida favorit ajralib qoldi. O‘yinlar boshlanguncha ular haqida qisqa fikrlarimni yozib qoldirmoqchiman.

Birinchi seshanba o‘yinlari:

Demak, birinchi bo‘lib 10-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinlardan boshlaymiz.

“Valensiya” – “Atalanta”: birinchi o‘yin 4:1 hisobida Jan Pyero Gasperini shogirdlari g‘alabasi bilan yakunlandi. Kimdir sezdi yoki sezmadi – “Atalanta” mana ikki mavsumdan buyon Yevropaning eng sermahsul klublaridan biri bo‘lib turibdi. Albert Seladesning “Valensiya”si esa tushunarsiz o‘yin ko‘rsatmoqda. Aslida ma’lum so‘zlar bilan ispan klubining harakatlarini izohlash mumkin. Ammo, bu maqtov so‘zlari bo‘lmasligi aniq. Bu juftlikda hammasi tushunarli – “Atalanta” Yevropaning eng kuchli sakkiz jamoasi ichida bo‘ladi, “agar echki halaqit qilmasa”!

“Leypsig” – “Tottenhem”: Londonda nemis jamoasi minimal ustunlik bilan (0:1) g‘alaba qozondi. Bu yerda biror klubga alohida ustun maqomini berish mushkul. Mourinyo faktori bo‘lmaganda “Leypsig”ni favorit degan bo‘lardim. Birinchi o‘yindagi “Tottenhem”ni bu safar ham kutish noto‘g‘ri bo‘ladi. Joze bunday qiyin vaqtlarda nima deyishni biladigan murabbiy. U yo‘qotishlar bilan zaiflashib qolgan jamoasi holini butkul o‘zgartirib yuborishi mumkin. Yulian Nagelsmann esa noma’lum shaxs. Aksar futbol ishqibozlari uchun u hozircha – nouneym! Agar Bundesliga vakili turnirda yurishini davom ettirsa holat juda qiziq bo‘ladi. Yevropaning eng kuchli sakkiz jamoasidan ikkisi – “Atalanta” va “Leypsig”. Qizig‘-a?!

Bular taxminlar xolos. Hammasi amalda qanday bo‘lishi birgalikda biliib olamiz. UzReport TV va Futbol TV xizmatingizda, doimgidek.

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/o_tolipov
Kiritildi: 19:35, 04.03.2020.
O'qildi: 4789 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик