Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

«Bunyodkor» - «Mash’al». Jamoalar qaysi rangdagi libosdan foydalanishi ma’lum

«Bunyodkor» - «Mash’al». Jamoalar qaysi rangdagi libosdan foydalanishi ma’lum

Baho:
+ | -

Ertaga Coca Cola Superliganing 2-tur o‘yinlari start oladi.

«Bunyodkor» 2-turda «Mash’al»ga qarshi maydonga chiqadi. Ertaga mazkur jamoalarning birinchi qarama-qarshiligiga duch kelamiz. Odatdagidek, o‘zaro hisob-kitobni U-18 jamoalari boshlab beradi. O‘yin ertaga, 5 mart kuni «Bunyodkor» akademiyasidagi 5-raqamli sun’iy koplamali maydonda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 15:30da boshlanadi. 

Juma, 6 mart kuni endi U-21 yoshlar jamoalari maydonga chiqadi. Mazkur bellashuv ham «Bunyodkor» akademiyasi maydonida o‘tkaziladi. Faqat tomonlar akademiyaning 1-raqamli tabiiy koplamali maydonida hisob-kitob qiladi. Mazkur bellashuv ham soat 15:30da start oladi. 

7 mart, shanba kuni endi «Bunyodkor» va «Mash’al» asosiy jamoalari o‘zaro uchrashuvlarga nuqta qo‘yib beradi. Bu bellashuv «Jar» stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin soat 16:00da boshlanadi. Aytish kerak, barcha bahslarda «Bunyodkor» futbolchilari to‘liq oq, «Mash’al» o‘yinchilari to‘liq ko‘k rangli liboslarda harakat qiladi.

6 mart kuni U-18 jamoalari uchrashuvidan keyin «Bunyodkor» akademiyasidagi 1-raqamli tabiiy qoplamali maydonda «Mash’al»ning asosiy tarkibi o‘yinoldi rasmiy mashg‘ulotini o‘tkazadi.

U-18 BIRINCHILGI
«BUNYODKOR» – «MASH’AL»
5 mart. Toshkent. «Bunyodkor» akademiyasi maydoni. 15:30

U-21 BIRINCHILGI
«BUNYODKOR» – «MASH’AL»
6 mart. Toshkent. «Bunyodkor» akademiyasi maydoni. 15:30

SUPERLIGA-2020
«BUNYODKOR» – «MASH’AL»
7 mart. Toshkent. «Jar» stadioni. 16:00
Bosh hakam
: Akobirxo‘ja Shukurullayev.
Qanot hakamlari: Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Sultonmurod Ulfatov.
Zaxiradagi hakam: Ibrohim Ismoilov.
Nazoratchi: Dmitriy Roman.
Komissar: Ramil Ilyasov.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 22:22, 04.03.2020.
O'qildi: 2088 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик