Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Navqiron»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Navqiron»

Baho:
+ | -1

Bugun 5 mart. Futbolchilar yo futbolga dahli borlar ro‘yxatini qarab chiqdim. To‘g‘risi pichoqqa ilingudegi topilmadi. Birdan ko‘zim... unga tushib qoldi. Vladimir Maslachenkoga. Futbolchilik faoliyatida ajoyib darvozabon bo‘lgan, SSSR terma jamoasida o‘ynagan, Yevropa chempioni (1960) va futbol sharhlovchisi.

Ha, uni yaxshi posbon bo‘lgan, deyishadi. Biroq, Maslachenkoning darvozabonlik faoliyatida bittagina “ayb”i bor edi – u Yashin davriga to‘g‘ri kelib qolgan. Shu bois, hech qachon birinchi bo‘la olmasdi.

Sharhlovchiligida esa, Ozerovdan keyin ham sharhladi va birinchi bo‘la oldi. O‘zi bu haqda kulib aytgan: “Men Yashin va Ozerovdan keyingi bo‘lganman doim. Ammo mening o‘rnimda kimdadir boshqa imkoniyat bo‘larmidi?”

Maslachenkoning ovoz tembri, sharhdagi topilmalari, kuchli tahlili (ayniqsa darvozabonlarning harakati haqida gap ketganda), beqiyos yumori va muxlis bilan samimiyati hanuzamki topilmayapti. Rus sharhlovchiligining asoschisi Nikolay Ozerov deyishsa-da, bugungi kun sharhlovchiligining otasi aynan Maslachenkodir.

Maslachenkoning asosiy yutug‘i baribir yuqoridagi xislatlari emas. Ularni boshqalarda ham topsa bo‘ladi. Uning yutug‘i – zamonga hamnafasligi. Yetmishdan oshganda ham yoshlar bilan ishlay olgani, doimo izlangani. Ko‘p katta yoshlilarning odati – faqat o‘tmishga bog‘lanib qolish, xotiralar ummoniga sho‘ng‘ib ketish Maslachenkoda yo‘q edi. Yoshlik davrini eslaganda ham, bugungi zamonaviy futbolga moslab, vaziyatga tushadigan darajada xotirlardi.

Vasiliy Utkin u haqda shunday degan: “Maslachenko davrini ikkiga bo‘lishadi: SSSR davridagi kommunist Maslachenko va Rossiya sharhlovchiligidagi mutlaqo boshqa uslubda ishlagan Maslachenko. Aslida undoq emas. SSSR davridagi Maslachenko bizning davrimiz uchun tayyorlanib yashagan. Chunki Vladimir Nikitovich erkin davr odami edi. So‘zi bo‘g‘iladigan jamiyatning tugashini, ozod davrlar boshlanishini sog‘ingan kam sonli daholardan edi u. Menga Maslachenkoning yoshligi haqida gapirib berishsa, kulaman, ha yo‘g‘a, sizlar haqiqiy Maslachenkoni ko‘rmagansizlar, biz ko‘rganmiz. U sizga o‘zini ko‘rsatmay yashagan!”

Buyuk sharhlovchining samimiyati, yoshlarga ko‘rsatma berishi va YOSHLARDAN O‘RGANA OLISHI barchani hayratga solardi. Mamlakatga snoubordni olib kelganida, undan bu sport turiga qiziqishini so‘rashgan. Bilasizmi, Maslachenko nima deb javob bergan: “Yo‘q, menga bu sport turi yoqmaydi. Yoshlarga yoqadi, shuning uchun olib keldim”.

Mana shu gaplar ostida Maslachenko dunyoqarashi yoqadi: O‘z so‘zi bor, o‘z “men”i bor va shu bilan birgalikda zamon bolalarining qarashlarini ham hisobga olishi...

Utkin boyagi fikrini shunday tugatgan: “Qizig‘i, Maslachenko haqida gaplashsak, uni katta yoshlilardan, zamondoshlaridan ko‘ra yoshlar ko‘proq yaxshi eslashadi, yaxshi ko‘rishadi. Nega? Chunki u hech qachon qarimadi. Doimo yosh edi”.

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 07:17, 05.03.2020.
O'qildi: 5940 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик