Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Rasmiy xabar: Umar Eshmurodov “Nasaf”ga qaytdi

Rasmiy xabar: Umar Eshmurodov “Nasaf”ga qaytdi

Baho:
+ | -

O‘tgan mavsum yakunida Toshkentning «Paxtakor» jamoasiga borib qo‘shilgan Eshmurodov "Nasaf"safiga qaytdi va bu haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Avvalambor yana qadrdon jamoamiz safiga kelib qo‘shilganimdan xursandman. «Paxtakor» jamoasiga o‘tishim borasida gapiradigan bo‘lsam, jamoa OCHL da ishtirok etishi va u yerdagi murabbiylarning chaqiruvi sabab bo‘lgan edi. U yerda ham menga imkon berishardi ammo yanada ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun sobiq jamoamga qaytishni istadim. Bu haqida «Paxtakor» rahbariyati va bosh murabbiyi Shota Arveladzega o‘z istagimni bildirdim. Ular meni to‘g‘ri tushunishdi va ketishimga imkon berishdi, buning uchun ularga rahmat aytaman.

- «Nasaf» jamoasini tark etib, muxlislarni xafa qilgan bo‘lsam uzr so‘rayman. Bu aybimni jamoaning yutuqlariga o‘z hissamni qo‘shib, muxlislarning ko‘nglini olishga harakat qilaman. Menga yana ishonch bildirgan va va jamoaga qaytib kelishimga yordam bergan «Nasaf» futbol klubi rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman - deydi Umarbek Eshmurodov.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 21:04, 05.03.2020.
O'qildi: 5142 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик