Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Bahrom Abdurahimov: "Mavsum startidagi kutilmagan durangni Jizzaxdagi o‘yinda g‘alaba bilan qoplamoqchimiz"

Bahrom Abdurahimov: "Mavsum startidagi kutilmagan durangni Jizzaxdagi o‘yinda g‘alaba bilan qoplamoqchimiz"

Baho:
+ | -

"Paxtakor"dan AGMKga transfer qilingan tajribali yarim himoyachi Bahrom Abdurahimov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi va bir qator mavzular bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.

— "Paxtakor"dan AGMKga o‘tish tarixi qisqa. Meni jamoada ko‘rmoqchi bo‘lgan bosh murabbiy Mirjalol Qosimovning taklifiga binoan keldim. Ochig‘i, bu taklif va qiziqishdan xursandman. Buyog‘iga Mirjalol Qo‘shoqovichning ishonchlarini oqlash va AGMKga nafim tegishi uchun bor kuchimni ishga solaman. AGMKdagi ko‘plab futbolchilar bilan tanishligim va avval boshqa jamoalarda birga to‘p tepganimiz uchun bir-birimizni bilamiz. Shu boisdan o‘zaro chiqishib ketish, maydonda til topishish oson kechmoqda. Qisqa qilib aytganda, zo‘r bollar yig‘ilgan. Ular nafaqat kuchli futbolchi, balki yaxshi inson ham. Murabbiylar shtabi zo‘r kollektivni yig‘ishni uddasidan chiqishgan. Qachonki muhit a’lo bo‘lsa, shunda ish unumdorligi oshadi, natija bo‘ladi. O‘ylaymanki, AGMK bilan yangi mavsumda belgilangan vazifa - OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga qodir. Xudo xohlasa bu vazifani amalga oshirib, olmaliqlik muxlislarni xursand qilamiz.

Mavsumning ilk o‘yinida g‘alabani nishonlashni uddasidan chiqolmadik. Biroz omad yetishmadi. Xudo xohlasa Jizzaxda "So‘g‘diyona"ga qarshi munosib o‘yin ko‘rsatib, mavsumdagi ilk g‘alabani mehmonda nishonlashga harakat qilamiz. Shu orqali ilk o‘yindagi durangni kelgusi uchrashuvdagi g‘alaba bilan qoplamoqchimiz. "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Yelkamda turgan mas’uliyatni his qilib turibman. Joriy yilgi mavsumda murabbiylar shtabi, rahbariyat va muxlislar ishonchini oqlashga bor kuchimni sarflayman. AGMKga o‘tganimdan xursandman va yil so‘nggida butun olmaliqlik ishqibozlar ham jamoa natijalaridan quvonishlari uchun yil davomida mehnat qilamiz. AGMK nafaqat shunchaki bir jamoa, balki ahil kollektiv birlashgan holda chinakam oila sifatida shakllanmoqda.

Manba: АГМК матбуот хизмати
Kiritildi: 01:03, 06.03.2020.
O'qildi: 2096 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик