Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Namangan shahrida yangi sun’iy qoplamali maydonning tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Namangan shahrida yangi sun’iy qoplamali maydonning tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Baho:
+ | -

Bugun Namangan shahrida joylashgan Viloyat futbol mahorati maktabi tasarrufidagi “Yosh kuch” stadionida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda Osiyo futbol konfederasiyasi tomonidan hamkorlikda barpo etilgan yangi sun’iy qoplamali maydonning ochilish marosimi o‘tkazildi.

Katta tantana tarzida tashkil etilgan ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozarov, Jismoniy tarbiya va sport vazirning birinchi o‘rinbosari, O‘FA Birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov, terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov hamda futbol jamoatchiligi vakillari ishtirok etishdi.

Ochilish marosimida dastlab Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozarov so‘zga chiqib, O‘FA tomonidan yurtimizda futbol ommaviyligini oshirish, hududlarda mavjud infratuzilmani yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlarga katta baho berdi. O‘z navbatida Ravshan Ermatov ham Namangan xalqi azaldan futbolni yaxshi ko‘rishini alohida qayd etdi:

– Namanganda futbolga hamisha katta e’tibor qaratib kelinadi. Namangan ahli futbolga o‘zgacha mehr qo‘yganini nafaqat yurtimizda, balki undan tashqarida ham juda yaxshi bilishadi. Bejizga buyerdan ko‘plab mashxur futbolchilar yetishib chiqmagan. Ayni paytda yurtimiz oktyabr oyida mezbonlik qiladigan 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining guruh bahslarini Namanganda ham o‘tkazishni rejalashtiryapmiz. Shu kabi jihatlarni inobatga olgan holda OFK bilan hamkorlikda namanganlik yosh futbolchilar uchun sun’iy qoplamali maydon barpo etildi. Ishonchim komil, yaqin kelajakda buyerda shug‘ullanadigan yosh iste’dod egalari katta futbolchilar bo‘lib yetishadi va milliy terma jamoamizning muvaffaqiyatlariga xissa qo‘shishadi, – dedi Ravshan Ermatov.

Shundan so‘ng yangi qurib bitkazilgan maydonda ilk uchrashuv o‘tkazildi. Xayrullo Bozarov hamda Ravshan Ermatov boshlab bergan uchrashuvda yaqin o‘tmishning mashxur futbolchilaridan iborat jamoa Namangan viloyati futbol mahorati maktabining 2002 yilda tavallud topgan futbolchilariga qarshi bahs yuritdi. Yosh o‘yinchilar Odil Ahmedov, Shuhrat Mirxoldirshayev, Sanjar Asqaraliyev, Ilhom Boydedayev, Nosir Otaqo‘ziyev kabi mahorat egalariga qarshi to‘p surib, ulardan maydonda zarur ko‘nikmalar olish imkoniga ega bo‘lishdi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 18:10, 06.03.2020.
O'qildi: 4433 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.