Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

O‘zbekiston tennis federasiyasiga yangi rahbar saylandi

O‘zbekiston tennis federasiyasiga yangi rahbar saylandi

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston tennis federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda federasiyaga yangi rahbar saylash kun tartibidagi asosiy masala edi.

Konferensiyani O‘zbekiston tennis federasiyasi Bosh kotibi, Osiyo tennis federasiyasi vise-prezidenti Iroda To‘laganova olib bordi va dastlab federasiya faoliyatidagi yangiliklar, yutuq va kamchiliklar haqida hisobot o‘qib-eshittirdi. Shundan so‘ng federasiyaning yangi rahbarligiga O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruv raisi Alisher Kudratullayevich Mirsoatov nomzodi ilgari surildi. Konferensiya ishtirokchilari nomzodni bir ovozdan ma’qullashdi va Alisher Mirsoatov O‘zbekiston tennis federasiyasining yangi raisi deb e’lon qilindi.

Shundan so‘ng MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov hamda O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Komiljon Xudoyberganov nomzod haqida o‘z fikrlarini bildirib, yangi rahbarning faoliyatida omad tilashdi.

“Tennis sport turida bizning boy tariximiz va an’analarimiz bor. Iroda To‘laganova o‘zbek tennisining haqiqiy afsonlaridan biri va hozirda biz bilan tennisni rivojlantirish yo‘lida yelkama-elka mehnat qilmoqda. Sir emaski, qayerda hukumat tomonidan e’tibor va qo‘llab-quvvatlash bo‘lsa, u albatta, o‘z samarasini beradi. Hozirda davlatimiz tomonidan sport sohasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Aminmanki, bu e’tibor yaqin yillar ichida o‘z samarasini beradi. Biz bu yilgi Olimpiadadan tashqari Parij-2024 bo‘yicha ham tegishli reja ishlab chiqqanmiz. Yangi rahbaringizdagi ulkan tajriba bilan yuksak natijalarga erishishingizga ishonaman. Shu bilan birgalikda federasiyani uzoq yillar davomida boshqarib kelgan Rustam Inoyatovga ham alohida minnatdorchilik izhor etaman. Aynan shu kishining boshqaruvida tennis federasiyasida ish darhaqiqat professional tarzda yo‘lga qo‘yildi. Shu munosabat bilan ijozatingiz bilan Rustam Rasulevichni federasiyaning faxriy prezidenti etib saylash taklifini kiritaman”, – dedi Rustam Shoabdurahmonov.

O‘z navbatida konferensiya ishtirokchilari ushbu taklifni bir ovozdan ma’qullashdi va Rustam Inoyatov O‘zbekiston tennis federasiyasining faxriy prezidenti etib saylandi.

Shundan so‘ng, federasiyaning yangi rahbari Alisher Mirsoatov ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Tennis mening eng sevimli sport turlarimdan biri. Avvalgi rahbariyat professional ish olib bordi. Endi mendan 2-3 barobar samarali ishlash talab etiladi. Bu jamoa bilan bor kuch-g‘ayratimni berib ishlashga va’da beraman. Bilasizmi, televizorda bayrog‘imizning yuqori ko‘tarilgani, madhiyamiz yangraganini eshitganimda qalbim faxr va g‘ururga to‘lar edi. Endi mana shunday g‘alabalarimiz tennis bilan yanada ko‘payishi yo‘lida astoydil mehnat qilamiz. Muhtaram prezidentimizning sportni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida qaratayotgan e’tiborlari bilan barcha narsaga erisha olamiz”, – dedi Alisher Mirsoatov.

Shuning bilan, O‘zbekiston tennis federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi o‘z ishini yakunladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 19:11, 06.03.2020.
O'qildi: 1988 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.