Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Prezidentimiz Farmoni bilan Oksana Chusovitina «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan taqdirlandi

Prezidentimiz Farmoni bilan Oksana Chusovitina «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan taqdirlandi

Baho:
+ | -

8-mart bayrami munosabati bilan muhtaram Yurtboshimiz “Mamlakatimizda aziz va mo‘’tabar ayol zotiga munosib ehtirom ko‘rsatish, opa-singillarimizning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, yurtimizning iqtisodiy qudrati va jahon miqyosidagi mavqeini yuksaltirish borasidagi ulkan xizmatlarini munosib qadrlash maqsadida hamda oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, aholi farovonligini ta’minlash, farzandlarimizni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash ishlariga qo‘shgan katta hissasi, yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi samarali mehnati bilan tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgani uchun bir guruh xotin-qizlar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlanishi” to‘g‘risida Farmon imzoladi.

Ular orasida sport sohasi vakilalarining ham borligi e’tiborga molik. Hususan, sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Oksana Aleksandrovna Chusovitina – «O‘zbekiston iftixori», uning ustozi, Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining sport gimnastikasi bo‘yicha katta murabbiyi – Svetlana Mixaylovna Kuznesova «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvonlari bilan taqdirlanishdi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi nomidan Oksana Chusovitina xamda Svetlana Kuznesovani samimiy muborakbod etib, kelajakdagi faoliyatlarida omad va zafarlar tilab qolamiz. Shuningdek, sport soxasiga qaratayotgan yuksak e’tiborlari uchun davlatimiz rahbariga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 12:32, 07.03.2020.
O'qildi: 3382 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.