Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Adesanya va Romero rasvo jang o‘tkazishdi

Adesanya va Romero rasvo jang o‘tkazishdi

Baho:
+ | -

UFC-248 turnirining markaziy jangi kutilgan keskinlikni keltirib chiqarmadi. Sabablarini tushuntirib o‘taman.

Israyel Adesanya. Jang oldi promolarida o‘rta vazn yangi chempioni bitta gapni ko‘p takrorladi. Hamma Romerodan qochadi, men esa u bilan jang qilmoqchiman. Jang qilishga qildi. Lekin, boshqalardan farqli ravishda oktagonning ichida qochib yurdi. Romero pushkasidan panada turib, masofadan lou kiklar, ba’zida xay kiklar tepib minimal hisobda ustun keldi. Muxlislardan yomon reaksiya oldi.

Yoyel Romero. Jang boshlanishi bilan u oktagon markaziga qotib turib oldi. Boshida hech kim tushunmadi. Ammo bu xarakati passiv jang belgisi edi. Uyog‘iga kuch tejadi va oldinga deyarli bormadi. Yaqinlashish imkoni bo‘lganda 1-2 zarbasini o‘tkazdi. Jangdan so‘ng qarordan va Adesanyaning yugurib yurishidan norozi bo‘ldi. D.Uayt uni qoraladi.

Ikkala jangchi bu to‘qnashuvdan so‘ng tanqiddan boshqa narsa eshitmadi. UFC o‘zining rostmana shiddatli, biroz ayovsiz kurashlari bilan muxlislar e’tiboriga tushgan. Bunday tejamkor uslublar oqlanmaydi.

Turnirni ko-meyn-ivent, ya’ni ikkinchi markaziy jang qutqarib qoldi. Ayollar o‘rtasida yengil vazn chempionligi uchun Yoanna Yendjeychik va Jang Veyli fantastik bellashuv o‘tkazishdi.

Deyarli barcha mutaxassislar bu jangni ayollar MMA tarixidagi eng zo‘r deb tan olishdi. Xitoylik Veyli bahsli qaror bilan g‘alaba qozonib kamarni o‘zida saqlab qoldi.

Manba: https://t.me/Davron_Fayziev
Kiritildi: 12:26, 09.03.2020.
O'qildi: 3452 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.