Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/10 00:00 Barselona 5-1 Sevilya
21/10 18:00 So‘g‘diyona 1-1 OKMK
21/10 21:00 Al-Ayn 4-5 Al-Hilol
21/10 21:00 As-Sadd 1-0 Persepolis
21/10 21:00 Ash-Shorta 0-0 Paxtakor
21/10 23:00 Ar-Rayyan - Al-Ahli (SA)
21/10 23:45 Verona - Monsa
22/10 00:00 Valensiya - Las-Palmas
22/10 00:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirib o‘tamiz.

Everton” Maksimen bilan qiziqmoqda

 

“Angliyaning “Everton” jamoasi yozda “Nyukasl” jamoasi hujumchisi Allan San-Maksimenni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda”,-deb xabar bermoqda “The Sun” nashri.

Fransiyalik futbolchini qo‘lga kiritishni shaxsan Karlo Anchelotti istamoqda. Bundan tashqari, San-Maksimen bilan “Kristal Pelas” jamoasi ham qiziqib qolgan.

Futbolchining agenti transfer masalasida fikr bildilrganicha yo‘q. Bugungi kunda Maksimenning transfermarketdagi narxi 25 million yevroni tashkil etmoqda.

“Lokomotiv” “Inter” futbolchisini olib qoladi

 

Rossiyaning “Lokomotiv” jamoasi Joa Mariuning transferini to‘liq sotib olishni istamoqda. Ayni damda ijara asosidan “Loko”da to‘p surayotgan portugaliyalik futbolchining o‘zi ham Moskvada qolishga qarshi emas.

“Temiryo‘lchilar” yarim himoyachini jamoada olib qolish uchun 10 million yevrodan voz kechishga tayyor, biroq “Inter” futbolchini 18 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi uchun “Betis” ham da’vogar bo‘lib turibdi.

Stouns Londonga ko‘chib o‘tishi mumkin

 

Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi himoyachisi Jon Stouns yozda o‘z klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqida “Taem Telk” nashri ma’lum qilgan. Himoyachini jamoaga olib kelishni shaxsan Mikel Arteta istamoqda.

Artetaning fikricha, Jon “Arsenal”ning himoya chizig‘idagi muammolarni bartaraf etishga qodir futbolchi. Nashr bergan xabarlarga qaraganda, transfer iyul oyida amalga oshadi.

Ayni damda transfermarket portal Stounsni 60 million yevroga baholamoqda, biroq “Arsenal” Stounsni arzonroqqa qo‘lga kiritishni reja qilgan.

“Shporlar” himoyachi izlashmoqda

 

Londonning “Tottenhem” jamoasi himoyachi “Glazgo Reynjers” himoyachisi Born Barishich bilan jiddiy qiziqib qolgan. 27 yoshli xorvat yozda London klubi klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

“TheSun” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “Tottenhem” jamoasi himoyachining o‘yinidan shu qadar zavqlangan-ki, transfer qiymati 3 million yevro bo‘lgan futbolchi uchun 22 milliondan voz kechishga tayyor.

Darhaqiqat, Born bu mavsumni juda ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazmoqda. Himoyachi allaqachon 37 ta uchrashuvda 14 ta golli uzatma va 2 ta golga mualliflik qilishga ulgurdi.

“Siti” Agueroni sotadi?!

 

Taniqli “TheSun” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “Manchester Siti” Serhio Aguyeroni sotib yuborishi mumkin. Jamoa futbolchining klub oldidagi hizmatlarini inobatga olgan xolda, yevrokuboklarsiz mavsumlarda uni majburan jamoada ushlab qolmoqchi emas.

Shunindek, klub UYEFA qo‘ygan taqiq olib tashlanmasa, jamoaning bir nechta yetakchi futbolchilariga ham boshqa jamoaga o‘tish uchun imkon yaratib berishini ma’lum qilgan.

Avvalroq argentinalik futbolchi jamoa bilan tuzilgan shartnoma o‘z yakuniga yetmaguniga qadar jamoada qolishini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Serxio 2011-yildan beri “Manchester Siti” tarkibida harakat qilmoqda. Uning hisobida 367 ta uchrashuv 254 ta gol mavjud.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 13:07, 09.03.2020.
O'qildi: 11097 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.