Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Xayrulla Hamidovni uyaltirgan afrikalik do‘st

Xayrulla Hamidovni uyaltirgan afrikalik do‘st

Baho:
+ | -1

Bugun 10 mart va ko‘pgina futbolchilar uchun bu sana muhimligini kuzatdik. Ular ichida to‘xtalganimiz kamerunlik ajoyib hujumchi Samuel Eto'O bo‘ldi.

Bugun 39 yoshga kirgan yulduz yaqinda futbol bilan xayrlashdi, bilasiz. O‘shanda uni eslagandim.

O‘zi odatda, biror bir dongdor yulduz butsasini mixga ilsa, ikki xil his o‘tadi ichimdan:

birinchisi, faoliyatining oxirgi qismini kuzatmaganim va esdan chiqqani uchun "e-endi ketdimi?!" degan his.

ikkinchisi, yoshligimning bir qismiga aylangan daho o‘sha yoshligimning bir qismini yulib olib ketayotgandek tuyuladi.

Eto'O baribir daho hujumchi edi. O‘lchovi qay bir yulduzdan pastroqdadir, ammo futbol bilan xaylashganida, bir eslab qo‘yishga, ajoyib o‘yinlarini ko‘z o‘ngimizdan o‘tkazishimizga arziydigan hujumchi edi.

"Yoshlar" telekanalida chet el o‘yinlari endi-endi ko‘rsatilayotgan paytlari u bilan "tanishganmiz". "Barsa" tarkibida o‘ynayotgan payti Samuel bir kuni maydon markazidan darvozabon bilan birga bir chiqib borgani hamon yodimda. Men u to‘pni olgan zahoti "hisob 3:0!" dedim (o‘sha vaqt 2:0 edi). Kamerunlik bola borib urolmadi. Men jim turib, jahlda "sen hech qachon Ronaldo bo‘lolmaysan", degandim.

Albatta, bu gapimni hamma bir xil tushungan: braziliyalik yulduzning darajasini ulug‘ladi, degan ma’noda. Lekin bu gapni aytishimga ikki hujumchining taqqosi emas, boshqa narsa sabab bo‘lganini hech kim bilmasdi:

Ancha avval Maslachenkoning sharhida "Inter" vakili Ronaldo hisob 2:0ligida xuddi shunaqa vaziyatga chiqib ketgan, rus maestrosi hujumchi darvozabondan ellik metr uzoqligidayoq "3:0" degandi. Albatta, Ronaldo tablodagi hisobni shu holga olib kelgan o‘shanda.

Men ham buyuk sharhlovchiga taqlidan bir kuni shunaqa vaziyatni ushlab olaman deb kutib yashardim. Keldi o‘sha kutilgan vaziyat. Ammo Eto'O "ming yillik rivoyat"ni pachaq qilib turibdi-da...

Keyin bunaqa tavakkalchilikka boshqa qo‘l urmadim. Ammo, Samuelning o‘yinlaridan hamisha bahra olib yashadim.

Afrikalik o‘rtoq, mayli, o‘shanda meni uyaltirgan va g‘alati holatga tushirib qo‘ygan bo‘lsang ham, sen yashil maydon dahosi eding, keyingi ishlaringda omad!

Yoshligim sen bilan ketyapti, ehtiyot bo‘l...

Xayrulla HAMIDOV.

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 07:32, 10.03.2020.
O'qildi: 8226 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.