Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Bahrom Haydarov: «Surxon» hali o‘z so‘zini aytadi»

Bahrom Haydarov: «Surxon» hali o‘z so‘zini aytadi»

Baho:
+ | -

Coca-Cola Superligasi 3-turidan o‘rin olgan “Surxon” – “Nasaf” (1:2) bahsidan so‘ng mezbonlar ustozi Bahrom Haydarov uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Nasaf” yaxshi futbolchilarga ega bo‘lgan jamoa. Raqib to‘pni yaxshi nazorat qilardi. Qarshi hujum borasida eng kuchli jamoalardan biri sanaladi. Bellashuvni yaxshi boshlagan edik. So‘ng birinchi bo‘limda raqib ustunlikni qo‘lga oldi. Rikoshet vaziyatdan so‘ng yuzaga kelgan gol yigitlarning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Ikkinchi bo‘limda hisobni tenglashtirishga erishdik. Qarshi hujumdan so‘ng o‘tkazib yuborilgan gol bois yana bellashuvning borishi o‘zgardi. Bugun g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Chunki, goldan so‘ng qarshi hujumni o‘tkazib yubormasak yaxshi o‘yin ketayotgan edi.

“Surxon” jamoasida yaxshi futbolchilar yig‘ilgan. Ular hali o‘z so‘zini aytishadi. Mag‘lubiyatdan xulosa chiqarib, kelgusi bellashuvlarda g‘alaba qozonishga harakat qilish kerak”, – dedi Haydarov.

“Surxon” matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 21:09, 13.03.2020.
O'qildi: 2838 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик