Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

OCHL. «Paxtakor»ning guruh bosqichidagi 4-tur o‘yini ham qoldirildi

OCHL. «Paxtakor»ning guruh bosqichidagi 4-tur o‘yini ham qoldirildi

Baho:
+ | -

OFK G‘arbiy mintaqada Chempionlar ligasining 4-tur uchrashuvlari kechiktirilgani haqida rasmiy xabar yo‘lladi.

Unga ko‘ra, «Paxtakor» o‘rin olgan "V" guruhida 4-tur bellashuvlari 6 aprel kuni bo‘lib o‘tmaydi. Kechiktirilgan bahslarning qachon bo‘lib o‘tishi haqida OFK keyinroq ma’lum qiladi. 6 aprel kuni "Paxtakor" Toshkentda Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasini qabul qilishi kerak edi. Biroq jahon bo‘ylab tarqalgan koronavirus pandemiyasi sababli o‘yin qoldirildi. Hozircha guruh bosqichining kechiktirilgan bellashuvlari qachon bo‘lib o‘tishi borasida bir qarorga kelinmadi. Faqat may oyida o‘tishi kerak bo‘lgan nimchorak final bahslari endilikda 17-18 va 24-25 avgust kunlari o‘tkazilishi belgilandi. Shu tariqa chorak final sentyabr, yarim final o‘yinlari esa oktyabrda bo‘lib o‘tadi. Final uchrashuvlari muddati noyabrda belgilangan holatida qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Paxtakor" o‘tgan ikki turda 6 ochko jamg‘argan holda o‘z guruhida peshqadamlik qilmoqda.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 15:40, 17.03.2020.
O'qildi: 4038 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик