Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Xayrulla Hamidov maqolasi: Ishonch sinyori

Xayrulla Hamidov maqolasi: Ishonch sinyori

Baho:
+ | -

Bugun 19 mart. Nihoyat hujumchilardan, ijodkor yarim himoyachilardan qutulib, himoya qo‘rg‘oni vakillariga ham navbat yetib keldi.

Himoya deganda xayolingizga birinchi navbatda keladigan mamlakat nomi? Albatta, bugun virus bilan kurashayotgan Italiya.

Skuadro Adzurra himoyasi deganda birinchi navbatda keladigan o‘yinchilar ro‘yxati qanday? Maldini, Kannavaro, Barezi, Kyellini va... tabiiyki bugun 44 ga kiradigan Alessandro Nesta nomlari kuchli beshligingizni bezaydi. Ishonchim komil.

Nesta faoliyatini ikkiga bo‘lamiz – “Lasio”dagi to‘qqiz yil va “Milan”dagi o‘n yil. Rim klubidagi o‘yinlarini Alessandro juda yoshligida boshlagan. O‘n olti yoshdayoq himoyada o‘zini xotirjam tutishi va ishonchli harakati bilan “burgutlar”ning “ovi”ga sabab bo‘lgan. 23 yoshida u “Lasio” sardori edi. Rimliklar Kubok egalari kubogi va A seriyani yengib olishiga boshqalar qatori Nestaning orqa zonani bir o‘zi mustahkamlab turgani hissa qo‘shgan. Yangi asr boshlangach “Lasio”da inqirozlar kuzatilsa-da, qahramonimiz “Ishonch Sinyori” bo‘lishda davom etardi. O‘sha payti Italiya klublarining deyarli barcha hujumchisi o‘z intervyusida Nestaning harakatidan hayratga tushishini aytgan.

“Lasio” muxlislari nihoyat jamoalarida “Abadiy sardor” paydo bo‘lganidan xursand bo‘lishgan payti, 2002 yili “Abadiy shahar”ni tark etishni istab qoldi.  

Alessandro uchun “Milan” tarkibiga qo‘shilish katta yurish edi. 26 yoshli himoyachiga “rossoneri” 39 million yevro to‘lashganining o‘zi bu transferning qiymatini belgilab beradi. Vaholanki, bunaqa summa u davrlar uchun juda katta, ikkinchidan himoyachi uchun tasavvur qilinmas darajada baland. Nesta yangi klubida ham peshqadamga aylandi. Paolo Maldiniga munosib sherik bo‘ldi. Bu duet jahonning eng kuchli himoya tandemi edi. Hozir ham bu darajadagi juftlikni topa olmaymiz.

“Milan” bilan Nesta ikki marta A seriya g‘olibi bo‘ldi, ikki marta YECHL kubogini qo‘lga kiritdi, 2006 yili esa, Italiya terma jamoasi bilan jahon chempioniga aylandi.

Keyingi faoliyati hech kimga qiziq emas. Marko vi Vayo va Matteo Ferrari bilan “Monreal Impakt” klubida nimalar yutganiyu, nimalarga erishgani yuqoridagi natijalari oldida nursiz bo‘lib qoladi. Shu bois, uning keyingi faoliyatiga qiziqish bildirgan bo‘lardim.

Alessandro murabbiy bo‘lish niyati borligini aytgandi uch-to‘rt yil oldin. Hozirda uning tengqurlarini, jamoadoshlarini bu sohada ko‘ryapmiz. Negadir Nesta jim. Futbolchilik faoliyatini juda yosh boshlagan iqtidor yangi sohaning nozik jihatlarini hisobga olib, kuchga to‘lib olgach qaytar balki. Ammo qaytganda ham o‘sha Nesta bo‘lib qaytishini istab qolamiz.

Xayrulla HAMIDOV.

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 07:14, 19.03.2020.
O'qildi: 3954 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.