Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Donnarumma APLga o‘tishi mumkin

Goal.com nashri bergan xabarlarga qaraganda “Milan” darvozaboni tez orada APL klublaridan birida ko‘rinish berishi mumkin. Manba bergan xabalarga qaraganda, “rossoneri”lar kipperi Janluidji Donnarumma “Everton”, “Manchester Yunayted” va “Chelsi” klublari nishonida turibdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, italiyalik posbonning o‘zi ham jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas. U oldiga katta maqsadlar qo‘yadigan klubda to‘p surishni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq darvozabon uchun “Chelsi” va PSJ “Milan”ga 60 million yevro taklif qilgan edi.

“Arsenal” kimni xarid qiladi?

 

Londonning “Arsenal” jamoasi yozda ikki himoyachidan birini sotib olishga qaror qildi. Bu haqida “Le Gazzeta Della Sport” nashri ma’lum qilgan.

Manba bergan xabarlarga suyanadigan bo‘lsak, “kononirlar” bugungi kunda “Manchester Yunayted” himoyachisi Kris Smolling va “Barsa” a’zosi Umtitilardan birini qo‘lga kiritish ishlarini boshlab yuborishadi.

Bugungi kunda “Arsenal” bu himoyachilardan faqat bittasinigina sotib olishga qodir. Shu sababli tanlov oson bo‘lmasligi aniq. “Qizil iblislar” Smolling uchun 20 million yevro talab qilayotgan bo‘lsa, kataloniyaliklar Umtitini 50 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

Koutino qayerga ketadi?

 

“Barselona”ning hujumkor yarim himoyachisi Filippe Koutinoning kelajagi hali-hamon savol ostida qolmoqda. Sport.es nashri bergan xabalarga ko‘ra, uning hizmatlari bilan Londonning “Chelsi” jamoasi jiddiy qiziqib qolgan.

Manba bergan xabarlarga qaraganda, “Chelsi” “Barselona”dan Koutinyoni sotib olish sharti bilan bir mavsumga ijaraga olishga qaror qilgan. Katoliniya klubi ham o‘z futbolchisini jamoada olib qolmoqchi emas.

Eslatib o‘tamiz, Koutino 2013-2018-yillar oralig‘ida Angliyaning “Liverpul” jamoasi sharafini himoya qilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, “Barselona” braziliyalik futbolchining transferidan 90 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda. 27 yoshli futbolchi ayni damda Myunhenning “Bavariya” klubi safida ijarada harakat qilmoqda.

Hames qayerga yo‘l oladi?

 

Ispaniyaning bir yo‘la bir nechta nashrlari bergan xabalarga qaraganda, “Real Madrid” jamoasi yarim himoyachisi Hames Rodriges yozda APL klublaridan biriga yo‘l olishi mumkin.

Ularda aytilishicha, futbolchining keyingi manzili katta ehtimol bilan Liverpulning “Everton” jamoasi bo‘ladi. Shunindegek, kolumbiyalik futbolchining hizmatlari bilan “Napoli”, “Vulverhempton” jamoalari ham jiddiy qiziqib qolgan. Hamesni jamoa safida shaxsan Karlo Anchelottining o‘zi ko‘rishni istamoqda. Shu sababli, bu transferning amlaga oshish ehtimoli juida yuqori.

Eslatib o‘tamiz, “Everton” shuningdek “Latsio” yarim himoyachisi Luis Albertoni ham nishonda ishlab turibdi.

“Barselona” himoyachisi “shpor”ga aylanishi mumkin

 

La Razonnashri bergan xabalarga qaraganda, “Barselona” jamoasiga tegishli bo‘lgan Mark Kukerelya Londonning “Tottenhem” jamoasiga o‘tishi mumkin. Ayni damda “Xetafe” safida ijarada harakat qilayotgan qanot himoyachisi bilan Londonning “Arsenal” klubi ham qiziqish bildirgan.

Manba bergan xabarlarga qaraganda, kataloniyaliklar himoyachi uchun 20 million yevro talab qilishmoqda. Transfer summasining katta emasligi bois London klublari Markni yozda sotib olishlari ehtimoli juda katta.

Avvalroq “Barselona” Kukurelyani jamoada olib qolish rejasi yo‘qligi va u borasidagi barcha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 18:51, 19.03.2020.
O'qildi: 9895 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.