Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Tug‘ilgan kunini turmada nishonlayotgan afsungar»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Tug‘ilgan kunini turmada nishonlayotgan afsungar»

Baho:
+ | -

Bugun 21 mart. Yurtimiz daholaridan biri Abdulla Oripov tavallud topgan kun. Buyuk shoir. Futbol maydonining ham bir shoiri borki, u bugun qirqqa to‘ladi.
Ronaldinyo.

Men bu yigitni haqiqiy braziliyalik, rosmana braziliyalik yulduz deya olaman. Braziliya futboli deganda ko‘proq mana shu yigitni tushunishimiz shart, deyaveraman. Chunki Rivaldoning o‘yin uslubi qaysidir mamlakatda ulg‘aygan yigitda shakllanishi mumkin, Ronaldoning goleadorligi ham tom ma’noda braziliyaliklarning o‘zlariga xos jihat emas, Roberto Karlosning zarbalari siri ham Kopakabana plyajlarining qumliklariga yashirinmagan, boshqa joyda ham topilib qolishi mumkin bo‘lgan yodgorliklar sirasiga kiradi. Ammo Ronaldinyoning maydondagi o‘yini, xatti-harakati, gol urishi, fintlari va hattoki to‘psiz turishlari ham Braziliya futbolining milliy ifodasidir. Bu fe’lni, bu fitratni faqat o‘sha diyor yetishtirib chiqaradi. Boshqa mamlakatda bu kabi elastik harakatlar muallifi bo‘lib chiqish imkonsiz.

Ronaldinyo yuqori formada nari borsa besh yil o‘ynadi. Biroq, ana shu besh yil ichida u yashil maydonda raqsga tushdi. Haligacha Muhammad Alining 10-raundda, raqibi butunlay holdan toygan paytda raqsga tushib yurganiga hayron qolishadi. Ronaldinyo ham shunday o‘yinchi edi. U futbolchi emas, o‘yinchi edi.

Haligacha yechilmagan bir muammo saqlanib qolgan: Ronaldinyo dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lib turgan paytlari “Barselona”ni tark etdi va Messi atalmish dahoga o‘z taxtini bo‘shatib ketdi. Leo va uning mitti jamoasi Ronaldinyodek dahoning ketganiga qaramay, katta natijalar qayd etib, kataloniyaliklar braziliyalik yulduzni ketkazib to‘g‘ri qilishganini isbotlashdi go‘yo. Ammo Barsa shu qarori bilan baribir boshqa bir narsani yo‘qotgandi o‘sha kuni. Jamoaga natijalar keltirgan va dunyoga tiki-taka atalmish mashhur uslubni taqdim etgan jamoa bir o‘yinchi ijrosidagi estetik zavqdan ayrilib qolgandi.

Messi va uning do‘stlari jamoaviy o‘yin bilan raqiblarini yer bilan bir qilib tashlayotgan bo‘lsalar-da, eski kataloniyalik ishqibozlar maydonda bir kemtik o‘rinni ilg‘ab qolaverishdi. Bu kemtik o‘rin Ronaldinyo o‘zidan keyin tashlab ketgan zargarona harakatlar edi.

Yillar o‘tib Ronaldinyoga o‘xshashga intilganlar keldi. Ular ham braziliyalik, ularda ham Ronaldinyoning ba’zi harakatlariga intilishlar kuzatildi. Biroq, Roni bu uslubning original egasi bo‘lgani uchun ulardagi sun’iylik sezilib qolaverdi. Qahramonimiz shu uslub bilan tug‘ilgan edi, u bu uslubga intilmasdi, balki shu uslub bilan yashab kelayotgan edi.

“Milan”dagi Ronaldinyoni afsusu nadomatlar bilan eslashadi. Lekin bilasizmi, inson baribir o‘zligini hech qayerda yo‘qotmaydi. Hozirda yutub tarmog‘ida braziliyalik afsungar ijrosidagi chiroyli fintlarni izlasangiz, uning bu harakatlari barcha o‘ynagan jamoalari libosida chiqib kelaveradi. Ya’ni, o‘sha oqsoqlanib qolganida ham, qay bir kuni o‘zining Ronaldinyo darajasida o‘ynab bergan bo‘ladi u. O‘sha uslub uning qoniga singib ketganidan dalolat bu.

Yillar o‘tadi, yaqin o‘tmish va hozirgi avlod futbolchilari kelajak tomonidan tahlil qilinganida, aniqki, Ronaldinyoning harakatlariga kelganida, insofli muxlis to‘xtaydi. Bu qanaqasi, deydi. Bu nimalar qilyapti, deydi. Bu qadar go‘zallikni odam o‘zida qanday jamlashi mumkin, deydi. Shu bois, hozirda yetti-sakkiz yoshga kirgan bolangizga yaqin o‘tmishda o‘ynagan futbol yulduzlarining roliklarini qo‘yib berayotganingizda, Ronaldinyonikini qo‘ymay turinglar, aks holda, uning harakatlari ko‘zni qamashtirib, Oltin to‘pni ko‘proq olgan va natijalari kattaroq yulduzlarni ko‘rmay qolishi mumkin bolangiz.

Darvoqe, shu yoshini buyuk futbolchi qamoqda nishonlayapti. Paragvay turmalaridan birida. Bu o‘ta yomon his. Ishonavering. Men bilaman.

Xayrulla Hamidov.

Manba: https://t.me/x_hamidov

Ўша Роналдиньо. Ўша ҳаракатлар. Ўзгартириб бўлмайди. Такрорлаб бўлмайди.

Kiritildi: 07:36, 21.03.2020.
O'qildi: 6220 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.