Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Neymar «Barselona»ga yanada yaqinlashdi

Neymar «Barselona»ga yanada yaqinlashdi

Baho:
+1 | -

Yozgi transfer muddati ochilishiga hali ancha vaqt bo‘lsa-da, Neymarning "Barselona"ga qaytish "ertagi" yana boshlandi. O‘tgan mavsumda "PSJ" braziliyalik futbolchini o‘z safida olib qolishga qaror qilgan bo‘lsa, parijliklar bu safar unchalik oyoq tirab turishmaydigan ko‘rinadi.

"Pari San-Jermen" rahbariyati asosiy urg‘uni Kilian Mbappega qaratishga qaror qilib bo‘ldi. Shu bois, kataloniyaliklar munosib taklif beradigan bo‘lsa, Neymar "Kamp Nou"ga yo‘l oladi.

Bundan tashqari, FIFAning "O‘yinchilar statusi va transferi haqidagi nizomi"ga ko‘ra, bir jamoa safida 3 yil o‘yngagan va 28 yoshga to‘lgan futbolchi o‘z transferini sotib olish huquqiga ega.

Avvalroq matbuotda "PSJ" Neymarning transfer narxini 150 million yevroga tushirgani haqida xabar tarqalgan edi. Bundan tashqari, Fransiya chempionlari braziliyalik o‘yinchining evaziga "ko‘k-anorranglilar" safida bir qator futbolchilardan ba’zilarini o‘z saflariga qabul qilishga qarshi emaslar. Ular orasida Mark-Andre ter Shtegena, Kleman Langle, Nelson Semedu, Samuel Umtiti, Fillipe Koutinyo, Anutan Grizmann, Usmon Dembele va Ivan Rakitich kabi o‘yinchilar bor.

Shularni hisobga olganda Neymar "Barsa"ga qaytishga yanada yaqinlashdi. Boz ustiga, Messi sobiq jamoadoshini "Kamp Nou"da ko‘rishni istayotgani bois, klub rahbariyati Neymarni qo‘lga kiritish barcha imkoniyatni ishga soladi.

28 yoshli futbolchi ushbu mavsumda "PSJ" safida barcha musobaqalar doirasida 22ta o‘yinda maydonga tushib, 18ta gol urdi va 10ta golga uzatma berdi. Braziliyalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 20:10, 24.03.2020.
O'qildi: 9609 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.