Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Brayton 0-4 Manchester Siti
26/04 16:00 Tailand 3-3 Tojikiston
26/04 19:00 O‘zbekiston 2-0 Saudiya Arabistoni
26/04 19:00 O‘zbekiston 3-3 Eron
26/04 22:30 Iroq 1-0 Vyetnam
26/04 23:45 Frozinone 3-0 Salernitana
27/04 00:00 Monpelye 1-1 Nant
27/04 00:00 Real Sosyedad 0-1 Real Madrid
27/04 16:30 Vest Xem 2-2 Liverpul
27/04 17:00 Las-Palmas 0-2 Jirona
27/04 18:00 Lechche 1-1 Monsa
27/04 19:00 Man. Yunayted 1-1 Byornli
27/04 19:00 Vulverhempton 2-1 Luton
27/04 19:00 Fulhem 1-1 Kristal Pelas
27/04 19:00 Nyukasl 5-1 Sheffild Yunayted
27/04 19:15 Almeriya - Xetafe
27/04 21:00 Yuventus - Milan
27/04 21:30 Everton - Brentford
27/04 21:30 Alaves - Selta
27/04 23:45 Lasio - Verona
28/04 00:00 Aston Villa - Chelsi
28/04 00:00 PSJ - Gavr
28/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston - O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter - Torino
28/04 16:00 Mets - Lill
28/04 16:00 Tailand - Eron
28/04 17:00 Kadis - Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem - Arsenal
28/04 18:00 Bornmut - Brayton
28/04 18:00 Loryan - Tuluza
28/04 18:00 Klermon - Reyms
28/04 18:00 Strasbur - Nissa
28/04 18:00 Bolonya - Udineze
28/04 19:15 Granada - Osasuna
28/04 20:05 Renn - Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli - Roma
28/04 21:00 Atalanta - Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion - Monako
28/04 23:45 Fiorentina - Sassuolo
29/04 00:00 Marsel - Lans
29/04 00:00 Betis - Sevilya

Beyl qayerga ketishi kerak? Garet uchun to‘rtta tanlov

Beyl qayerga ketishi kerak? Garet uchun to‘rtta tanlov

Baho:
+ | -

Stadion.uz “Real Madrid”ga keraksiz figuraga aylangan Garet Beylning kelajakdagi jamoasi kim bo‘lishi borasida fikr almashadi.

Angliya premyer-ligasi

2013-yilda “Santyago Bernabeu”ga ko‘chib o‘tgan futbolchi Primera, Ispaniya Kubogi, Chempionlar ligasi, Yevropa superkubogi, klublar o‘rtasidagi JCH va boshqa musobaqalarda g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Faoliyati davomida katta musobaqalarda harakat qilib o‘rganib qolgan futbolchi qayta qurishni boshidan o‘tkazayotgan Joze Mourinyoning “Tottenhem”iga borib qo‘shiladimi?

Qahramonimiz “Uayt Xart Leyn”da to‘p surgan chog‘lari 146ta uchrashuvda 42ta gol kiritishni uddalagan va jamoani chinakam superyulduz maqomida tark etgan edi. Endilikda uning jonajon klubiga qaytish borasidagi tahminlarga agenti – Jonatan Barnet quyidagicha izoh berdi: “O‘ylashimcha, u “Tottenhem”ga o‘tmaydi. Uning shartnomasi yakuniga yetganida oila a’zolari bilan o‘tirib suhbatlashib olamiz. Tan olish lozim, Garet Madridda baxtli. Boz ustiga, Beylni uncha-buncha klub moliyaviy tomonidan qoniqtira olmaydi. Shunga qaramay, barchasi pulga taqilmagan. Uning farzandlari Madridda katta bo‘ldi. Shunga qaramay, agar Xarri Keyn jamoani tark etsa, “Tottenhem” Beylni jamoaga taklif qilishi mumkin. Agar “shporlar” o‘z sardori va yetkakchisini yo‘qotishsagina, Beylni tarkibga qo‘shib olishi mumkin.

Italiya Aseriyasi

“RealMadrid” uchun kelasi yilning yanvar oyida qiyin kunlar boshlanadi. Sababi, aynan o‘sha kundan Buyuk Britaniya Yevropa ittifoqi a’zoligidan chiqishi kuchga kiradi. Ana shunda Beyl Yevropa ittifoqidan chiqqan futbolchilar qatoridan joy oladi. Bu esa, uning jamoadagi o‘rnini yanada zaiflashtirishi turgan gap.

Breksitga qaramay uelslik futbolchilarni jamoaga taklif etayotganlar ham yo‘q emas. Misol uchun Aaron Remzining “Yuventus”ga o‘tgani ko‘rsatishimiz mumkin. Uning “Yuventus” o‘tishi borasida gap-so‘zlar yo‘q, biroq barcha yulduzlarni o‘z bag‘riga sig‘dirayotgan “Inter” klubini ham alohida qayd etib o‘tish joiz. Beyl Madridda o‘zining 7-mavsumini o‘tkazayotganini inobatga olsak, uning imkoniyatlarini ham past baholashga hech kimning haqqi yo‘q. 249 ta uchrashuvda 105 ta gol kiritgan futbolchi hozir ham katta naf keltirishga qodir. Ayniqsa, A seriya jamoasi uchun.

O‘z vaqitda Beyl “San-Siro” stadionida “Inter”ga qarshi ko‘rsatgan qahramonligi ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak.

“ElCherenguito” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “Inter” uctopi Antonio Konte Beylning transferi borasida klubning ijrochi direktorlari Bepa Marotto va Pyer Auselio bilan suhbatlashgan. Bugungi kunga kelib, Beyl uchun asosiy da’vogar bo‘lgan “Manchester Yunayted”ning bor e’tiborini Jeydon Sanchoga qaratganini inobatga olsak, “Inter” bilan raqobat qiladigan jamoaning o‘zi yo‘qligini darrov payqaysiz.

MLS


Beyl Madridga butun boshli oila a’zolari bilan ko‘chib borgani sababli, unda ispan tilini o‘rganishga hojat bo‘lmadi. Balki til o‘rganishni futbolchining o‘zi istamagandir. Bunisi bizga qorong‘u. Agar u yozda MLS jamoalaridan biriga o‘tsa, unda til bilan hech qanday muammo bo‘lmasligi aniq.

2019/20-yilgi mavsumning katta qismini jarohati sababli o‘tkazib yuborgan futbolchi MLSga o‘tishi haqidagi mish-mishlar ko‘payib bormoqda. Barchasi o‘z-o‘zidan tushunarli. Kuchsizroq chempionat. Katta maosh va katta e’tibor. Yangidan yangi reklama shartnomalari va boshqa ko‘plab bonuslar Garetni MLSda kutib turibdi.

Ispaniyaning “ElDesmarique” nashri bergan xabarlarga ishonadigan bo‘lsak, yanvar oyidayoq "Inter Mayami" va "Los-Anjeles Gelaksi" jamoalari hujumchi bilan jiddiy qiziqib qolgan. Agar FlorentinoPeres Beylning transferiga rozi bo‘lsa, MLS jamoalaridan kamida 5 tasi Beylni o‘ziga chorlashi aniq.

Xitoy Superligasi

Avvalroq Zayniddin Zidan Beylning Xitoyga ketishiga rozi bo‘lgan, uelslik o‘yinchi hatto shaxsiy shartnoma borasida ham kelishuvga erishgan edi. Transferning so‘nggi bosqichida Peres katta sahnaga chiqqan va barchasi barbod bo‘lganidan xabaringiz bor.

Haftasida 350 ming funt va turli bonuslarni bugungi kunda Beylga Xitoy klublaridan boshqa jamoalar taklif eta olmasligi kundek ravshan. Shunga qaramay, Beyl uchun bu ortga qadam ekanligini ham aytib o‘tish joiz. O‘z vaqtida dunyoning eng qimmat futbolchisi sanalgan Beyl Xitoy chempionatiga o‘tsa, norasmiy tarzda butsalarini mixga ildi,deb hisoblayvering!

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 10:38, 25.03.2020.
O'qildi: 11577 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.