"Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasado Saudiya Arabistoni ligasi qiziqishi ostida qolmoqda.
22 yoshli ispaniyalik futbolchi faoliyatini Yevropaning yetakchi ligalarida davom ettirish niyatida ekanligi haqidagi avvalgi xabarlarga qaramay, "Al-Hilol"ga o‘tishga ijobiy qaramoqda. Biroq, jurnalist Ferran Martinesning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya gigantlari hali yarim himoyachiga bo‘lgan talabni qondirishga tayyor emas: "Ko‘k-anorranglilar" yoshlar akademiyasi bitiruvchisini sotish orqali kamida 30 million yevro ishlab topmoqchi.
Transfermarkt Mark Kasadoning qiymatini 18 million yevroga baholamoqda.













