Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

OCHL. «Paxtakor» guruh bosqichining qolgan o‘yinlarini Toshkentda qabul qilishi mumkin

OCHL. «Paxtakor» guruh bosqichining qolgan o‘yinlarini Toshkentda qabul qilishi mumkin

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar Ligasi "B" guruhining qolgan barcha o‘yinlari Toshkentda o‘tkazilishi mumkin. Agar guruh a’zolari rozi bo‘lsa va «Paxtakor» mezbonlik qilish istagini bildirsa. Bu haqda jurnalist Bobur Akmalov o‘zining telegramdagi kanali orqali xabar tarqatdi.

«Paxtakor» rasmiy sayti xabariga ko‘ra, OFK Chempionlar ligasining 2020 yilgi bahslari davom etishi bo‘yicha klublar va milliy assosiasiyalarga xat yo‘lladi.

Unga ko‘ra, ko‘rib chiqilgan va muhokamada bo‘lgan uch variantdan eng qulayi sanalgan markazlashgan format tanlab olindi. Guruh bosqichi uchrashuvlari bir mamlakatda davom ettiriladi. Klublar va milliy assosiasiyalar taklifi asosida OFK guruh bahslarini ma’lum mamlakatga topshiradi. Ushbu o‘yinlarning avgust oyidan avval o‘tmasligi belgilangan. Chunki mintaqamizda yoz fasli harorati avgustdan oldin futbol o‘ynashga katta qiyinchilik tug‘diradi.

«Paxtakor» mezbonlikka rag‘bat bildirsa, biz 2002 yilgi OCHLda bo‘lgani kabi 4 jamoaning o‘zaro o‘yinlariga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Esingizda bo‘lsa, o‘shanda «Paxtakor» Iroqning "At-Talaba" jamoasini va Turkmanistonning "Nisa" klubini bir xil – 3:0 hisobida, Eron grandi "Piruzi" jamoasini esa Mirjalol Qosimovning burchakdan pasini golga aylantirgan Anvar Soliyev zarbasi evaziga mag‘lub etgandi.

O‘shanda «Paxtakor» stadioni 55.000 tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dirgan, o‘sha mavsumda klub yarim finalgacha borgan, yil yakunida Osiyoning eng yaxshi klubi, deb topilgandi.

Kiritildi: 15:54, 25.03.2020.
O'qildi: 6314 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик